Tadbirda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutidan "Sanoatda raqamli texnologiyalar" ilmiy-texnik jurnali vakili, dotsent Uchqun Eshonqulov ham ishtirok etdi

Press-tur avvalida “Metallurg” MSda kombinat rahbariyati, soha vakillari va jurnalistlar oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. Unda bugungi kunda kombinatda amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy sohani qoʻllab-quvvatlash borasidagi vazifalar, investitsiya loyihalari boʻyicha batafsil maʼlumot berildi.

Shundan soʻng, jurnalistlar Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlari, rux hamda mis eritish zavodi, turli sexlarda boʻldilar. Konlardagi texnologik ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.