Hurmatli hamkorlar, aziz o‘quvchilar va jurnalimizni qo‘llab-quvvatlovchi barcha do‘stlar!
Posted on 2024-12-31“Sanoatda raqamli texnologiyalar” ilmiy-texnik jurnali tahririyati nomidan sizlarni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin dildan tabriklaymiz!
Yangi yil sizga va yaqinlaringizga sog‘lik-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik va cheksiz baxt olib kelsin. 2025-yil yurtimiz ilm-fani va sanoatida yangi marralar zabt etiladigan, innovatsion g‘oyalar va yutuqlarga boy yil bo‘lsin.
Jurnalimizga bo‘lgan qiziqishingiz, ilm-fan rivoji yo‘lida olib borgan izlanishlaringiz va ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlovingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorlik izhor etamiz. Kelgusi yilda ham siz bilan birga yuksak cho‘qqilarni zabt etish niyatidamiz.
Yangi 2025-yil barchamiz uchun quvonchli va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
“Sanoatda raqamli texnologiyalar” ilmiy-texnik jurnali tahririyati