DIVALKAK KONINING QUYI-O‘RTA YURA DAVRI TERRIGEN YOTQIZIQLARINING SAMARALI GORIZONTLARI BO‘YICHA RAQAMLI GEOLOGIK MODELNI QURISH (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI)

Maqolaning Asosiy Qismi

Ayupova, N.A.

Annotatsiya

Maqolada ko‘rib chiqilgan Divalkak koni Ispanli-Chandir ko‘tarilishida joylashgan bo‘lib, unda foydalanishga yotqizilgan qatlamlar karbonatli yura va quyi-o‘rta yura davri terrigenn tog‘ jinslari bilan ifodalangan. Terrigen to‘planmalarining geologik modellashtirilishi ushbu jinslarning tabiati va o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liq xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular murakkab litologik nomutanosiblik va murakkab geometriya bilan xarakterlanadi. Modellashtirishda ushbu omillar hisobga olinishi, shuningdek, maxsus usul va yondashuvlar qo‘llanilishi talab etiladi. Ushbu ishda Divalkak gaz-kondensat konining XV-NR va XVIII samarali gorizontlari uchun uch o‘lchamli raqamli geologik modelni yaratish metodikasi taqdim etilgan. Geologik-geofizik ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va talqin qilish bosqichlari, struktural modellashtirish, litologik modelni qurish va filtrlash-sig‘imlilik xossalarini (FSX) modellashtirish tushuntirilgan. Fatsiyalar tarqalishi va ko‘plab variogramma qurish variantlari asosida o‘rganilayotgan obyekt bo‘ylab g‘ovaklik tarqalishi hisobga olinib, g‘ovaklik kubi olindi. Yaratilgan geologik model kollektorlarga xos ichki tuzilmani eng aniq ifoda etgan holda, qatlamlarning cho‘kindi xususiyatlari va petrofizik munosabatlarini chuqurroq tushunish imkonini beradi.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Geologiya va neft-gaz sanoati

Muallif biografiyasi

Ayupova, N.A., Geologiya fanlari universiteti

Geologiya fanlari universiteti o'qituvchisi, Toshkent, O'zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Ayupova, N. A. (2025). DIVALKAK KONINING QUYI-O‘RTA YURA DAVRI TERRIGEN YOTQIZIQLARINING SAMARALI GORIZONTLARI BO‘YICHA RAQAMLI GEOLOGIK MODELNI QURISH (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI). Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 3(4), 178-183. https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.3.4.2025.23

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Бакиров, А. А. (1976). Теоретические основы и методы поисков и разведки скоплений нефти и газа. Москва: Высшая школа. 415 с.

[2] Бабаджанов, Т. Л., Черкашина, Л. Г., & Рубо, В. В. (1988). Новые данные о перспективах газоносности терригенных юрских отложений Западного Узбекистана. Геология нефти и газа, (2), 21–24.

[3] Евсеева, Г. Б. (2015). Литолого–фациальные особенности и фильтрационно–емкостные свойства терригенных отложений юры Бухаро–Хивинского нефтегазоносного региона. SOCAR Proceedings, (2), 4–9.

[4] Закревский, К. Е. (2009). Геологическое 3D моделирование. Москва: ООО ИПЦ МАСКА.

[5] Закревский, К. Е., Майсюк, Д. М., & Сыртланов, В. Р. (2008). Оценка качества 3D моделей. Москва.

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.