MARKAZDAN QOCHMA NASOSLARI ISHCHI G‘ILDIRAKLARINING SIRT QATLAMINI FUNKSIONAL QOPLAMALAR BILAN MUSTAHKAMLASH ORQALI GIDROABRAZIV YEDIRILISHGA CHIDAMLILIGINI OSHIRISH

Maqolaning Asosiy Qismi

Kayumov, U.E.
https://orcid.org/0000-0002-2147-8973
Pardayeva, Sh.S.
Istamov, M.F.

Annotatsiya

Maqolada konchilik sanoatida keng qo‘llaniladigan markazdan qochma nasoslarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Gidrotransport tizimlarida ishlovchi nasos uskunalarining asosiy nosozlik sabablari sifatida ishchi g‘ildiraklar, korpus va qopqoqlarning gidroabraziv yedirilishi aniqlangan. O‘zbekiston konchilik korxonalaridagi nasos stansiyalarining statistik va eksperimental ma’lumotlari asosida markazdan qochma nasos elementlarining xizmat muddati va nosozlik sabablari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, nosozliklarning 70–75% gacha qismi ishchi g‘ildiraklarning sirt qatlamining intensiv yedirilishi bilan bog‘liq.


Ishchi g‘ildiraklarning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida ularning sirt qatlamini funksional qoplamalar bilan mustahkamlash yo‘llari tahlil qilingan, shuningdek sovuq gaz-dinamik purkash texnologiyasining afzalliklari asoslab berilgan. Ushbu yondashuv yordamida metall va metall-keramik kompozit qoplamalar hosil qilinib, ishchi g‘ildiraklarning gidroabraziv va kavitatsion ta’sirlarga chidamliligi oshirilishi, shuningdek markazdan qochma nasoslarning ekspluatatsion xarajatlarini kamaytirish va xizmat muddatini uzaytirish imkoniyati isbotlangan.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Kon-metallurgiya va ishlab chiqarish sanoati

Muallif biografiyalari

Kayumov, U.E., Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

Katta o‘qituvchi, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Navoiy, O‘zbekiston

Pardayeva, Sh.S., Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

Dotsent, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Navoiy, O‘zbekiston

Istamov, M.F., Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

Assistant, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Navoiy, O‘zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Kayumov, U. E., Pardayeva, S. S., & Istamov, M. F. (2026). MARKAZDAN QOCHMA NASOSLARI ISHCHI G‘ILDIRAKLARINING SIRT QATLAMINI FUNKSIONAL QOPLAMALAR BILAN MUSTAHKAMLASH ORQALI GIDROABRAZIV YEDIRILISHGA CHIDAMLILIGINI OSHIRISH. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(1), 57-62. https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.1.2026.20

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Development, production and operation of turbo- and electric pump units and systems based on them. (2009). In Proceedings of the V International Conference. Voronezh: Nauchnaya Kniga.

[2] Efficiency and environmental performance of pumping equipment. (2009). In Proceedings of the International Scientific and Technical Conference. Moscow: RAPN Publishing House. Available at: http://www.ecopump.ru

[3] Ivanova, T. D. (1981). Investigation and improvement of slurry pumps for transportation of ore tailings (case study of the Magnitogorsk Metallurgical Plant) (PhD Thesis). Leningrad.

[4] Timokhin, Yu. V., Adam, O. V., Antonov, E. I., Koshkalda, L. I., & Palamarchuk, N. V. (1991). Reliability of high-speed pumps. In Mining Mechanics: Collected Scientific Papers (Issue 1, Part 2, pp. 81–87). Donetsk.

[5] Operational design project of the tailings storage facility of SOF and MOF for deposition of 0.1 million tons of tailings for 2006–2009. (2005). JSC Mekhanobr Engineering.

[6] Bekzhapbarov, B. S. (2019). Improvement of the PNV-2 sand pump design using composite (powder) materials. Kazakhstan.

[7] Istamov, M. F., Xamzayev, A. A., Kayumov, U. E., & Fayziyev, A. I. (2023). Elimination of shaft misalignment in pump units. Academic Research in Educational Sciences, 4(4), 134–139.

[8] Atakulov, L. N., Kayumov, U. E., & Pardayeva, S. S. (2023). Modeling of optimal blade angle parameters for pump impellers. Academic Research in Educational Sciences, 4(2), 274–284.

[9] Atakulov, L. N., & Kayumov, U. E. (2020). Investigation of optimal blade parameters of pump impellers. Problems of Science and Education, 26(110), 4–12.

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.