“Sanoatda raqamli texnologiyalar” ilmiy-texnik jurnali

e-ISSN: 3030-3214 ISSN ma'lumot sahifasi

“Sanoatda raqamli texnologiyalar” ilmiy-texnik jurnali ochiq kirish (Open Access) tamoyili asosida faoliyat yuritadi. Jurnalning asosiy vazifasi — ilm-fan taraqqiyotining modellashuvi, ta’limning yutuqlari va istiqbollari, dolzarb muammolar va ularning yechimlarini, shuningdek, ishlab-chiqarish va ta’limning modernizatsiyalashuvi bosqichlarini yoritib borishdir.

Jurnalning maqsadi — soha mutaxassislari va olimlarning tadqiqotlari va innovatsiyalarini keng jamoatchilikka etkazish, ilmiy fikr almashinuvini faollashtirish, yosh avlodning fan va ta'limga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ilmiy konsepsiyalarni rivojlantirishdir.

Jurnal quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha maqolalarni qabul qiladi:
  • 05.00.00 — Texnika fanlari
  • 04.00.00 — Geologiya-mineralogiya fanlari
  • 02.00.00 — Kimyo fanlari
Maqolalar qabul qilinadi: o‘zbek, rus va ingliz tillarida.

Jurnal yo‘nalishlari

  • Kon-metallurgiya va ishlab chiqarish sanoati
  • Geologiya va neft-gaz sanoati
  • Kimyoviy texnologiya va qurilish
  • Yengil sanoat tarmoqlari
  • Ekologiya, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
Maqolalar DOI bilan ta’minlanadi:
Har bir chop etilgan maqolaga raqamli identifikator Digital Object Identifier (DOI) beriladi — doi.org

Jurnal indeksatsiyasi

Jurnal ta’sischilari

  • Qarshi davlat texnika universiteti
  • “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ
Rasmiy ro‘yxatga olish:
Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 26.07.2023 yildagi №106679-sonli guvohnoma bilan ro‘yxatga olingan.
ISSN berilishi:
Turkum nashrlar GOST 7.4–95 va GOST 7.56–2002 davlatlararo standartlariga muvofiq rasmiylashtirilgan bo‘lib, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan 2023-yil 12-dekabrda jurnalga ISSN: 3030-3214 raqami berilgan.