4(4)-sonidan boshlab har sonda o‘rtacha 25–30 ta maqola rejalashtiriladi. Har bir muallif, shu jumladan barcha hammualliflar, bitta sonda faqat bitta maqolada qatnashishi mumkin. Qabul qilish ilmiy sifat, jurnal talablariga muvofiqlik va taqriz natijalariga asoslanadi.
"Sanoatda raqamli texnologiyalar" ilmiy-texnik jurnalining 3(2)-soni27-iyun, 2025-yil kuni chop etiladi.
Ushbu son sanoat tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-amaliy yechimlar va innovatsion tadqiqotlar bilan boyitilgan maqolalarni o‘z ichiga oladi.
Maqolalarning to‘liq matnlari elektron ko‘rinishda saytimizda srt-journal.uz orqali va Telegram kanalimizda e'lon qilinadi.
Tadbirda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutidan "Sanoatda raqamli texnologiyalar" ilmiy-texnik jurnali vakili, dotsent Uchqun Eshonqulov ham ishtirok etdi