BESHKENT EGILMASIDAGI QUYI-OʻRTA TERRIGEN YURA YOTQIZIQLARINING NEFTGAZLILIK ISTIQBOLLARINI BAHOLASH (CHUNAGAR KONI MISOLIDA)

Maqolaning Asosiy Qismi

Abdullayev, G‘.S.
Yuldashev, N.N.
Davronov, N.N.
https://orcid.org/0009-0000-1049-3548

Annotatsiya

Maqolada Beshkent egilmasining sharqiy qismida joylashgan Chunagar koni misolida quyi va o‘rta yura davriga mansub terrigen yotqiziqlarning neft-gazlilik istiqbollari geologik-geofizik ma’lumotlar asosida baholangan. UCHNU-3D seysmik ma’lumotlarini interpretatsiya qilish natijasida hududning strukturaviy xususiyatlari, braxiantiklinal tuzilishi, tektonik buzilishlar hamda uglevodorodlarning strukturaviy va noantiklinal tutqichlarda to‘planish imkoniyatlari tahlil qilingan. Chunagar maydonida burg‘ilangan izlov quduqlarining geologik-geofizik va sinov natijalari asosida quyi-o‘rta yura terrigen yotqiziqlarida gaz va gaz-kondensat to‘planmalari mavjudligi asoslangan. Quduqlar kesimida kollektor jinslarning g‘ovakligi va gazga to‘yinganlik ko‘rsatkichlari o‘rganilib, istiqbolli mahsuldor intervallar ajratilgan. Olingan natijalar Beshkent egilmasida yura davri terrigen yotqiziqlari uglevodorod zaxiralarini oshirishning muhim manbalaridan biri ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, Chunagar konidagi uglevodorod uyumlarining tarqalish chegaralarini aniqlashtirish, qo‘shimcha zaxiralar o‘sishini ta’minlash hamda istiqbolli uchastkalarni o‘zlashtirish uchun keyingi izlov-qidiruv va razvedka ishlarini davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Geologiya va neft-gaz sanoati

Muallif biografiyalari

Abdullayev, G‘.S., иностранное предприятие общества с ограниченной ответственностью «Petromaruz Uzbekistan»

Geologiya-mineralogiya fanlari doktori (DSc), professor, “Petromaruz Uzbekistan” mas’uliyati cheklangan jamiyatining xorijiy korxonasi, Toshkent, Oʻzbekiston

Yuldashev, N.N., Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruv instituti

Laboratoriya mudiri, katta ilmiy xodim, “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruv instituti”, Toshkent, Oʻzbekiston

Davronov, N.N., Toshkent davlat texnika universiteti, “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruv instituti”

Tayanch doktorant, kichik ilmiy xodim, Toshkent davlat texnika universiteti, “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruv instituti”, Toshkent, Oʻzbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Abdullayev, G. S., Yuldashev, N. N., & Davronov, N. N. o‘g‘li. (2026). BESHKENT EGILMASIDAGI QUYI-OʻRTA TERRIGEN YURA YOTQIZIQLARINING NEFTGAZLILIK ISTIQBOLLARINI BAHOLASH (CHUNAGAR KONI MISOLIDA). Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(3). https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.3.2026.19

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Абдуллаев, Г. С., Богданов, А. Н., & Эйдельнант, Н. К. (2019). Месторождения нефти и газа Республики Узбекистан (pp. 428–430). Zamin nashr.

[2] Акрамходжаев, А. М. (1971). Особенности литологического состава, стратиграфии и перспективы нефтегазоносности мезозойских и палеогеновых отложений Южного и Юго-Западного Узбекистана. Фан.

[3] Бабаев, А. Г., Габрильян, Р. А., & Салямова, С. К. (1977). Терригенная формация юрского возраста БХР и Юго-Западного Гиссара и её нефтегазоносность. Недра.

[4] Нугманов, А. Х. (1966). Окись натрия как показатель солености древних водоемов. Вопросы геологии и нефтегазоносности Узбекистана (Вып. 1). Фан.

[5] Юлдашев, Н. Н. (2021). Актуальные вопросы изучения строения и перспектив нефтегазоносности юрских терригенных отложений Бухаро-Хивинского региона (Республика Узбекистан). Нефтегазовая геология. Теория и практика, 16(1).

[6] Юлдашев, Н. Н., & Аюпова, Н. А. (2019, 22–25 апреля). Перспективы терригенных отложений юрского возраста центральной части Чарджоуской ступени. Международная молодежная научная конференция «Нефть и газ – 2019» (pp. 12–13).

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.