TABIIY GAZNI KIMYOVIY ABSORBSIYA USULIDA H2S VA CO2 DAN TOZALASHDA YUTUVCHI KOMPONENTLARNING TO‘YINISH BALANSI ME’YORLARI

Main Article Content

Saxatov, B.G.

Annotatsiya

Tabiiy gazni absorbsiya usulida tozalashda yutuvchi komponent sifatida aminlarning ishlatilishi keng samaradorlikka egadir. Aminlar tarkibida etanol radikalining ko‘payishi aminlarning suvli eritmasining oltingugurtli birikmalarni va korbanat kislota qoldig‘ini o‘ziga biriktirib olish qobilyatini kengaytirib boradi. Ishlab chiqarishda absorbsiya jarayonida amin eritmasi va yutuluvchi gazlar o‘rtasidagi ekvivalent miqdorni to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga egadir. Yutuvchi va yutuluvchi komponentlar orasidagi me’yoriy muvozanat buzilishi texnologik rejimning buzilishiga olib keladi.


Usul va materiallar. Amin tarkibida etanolning radikali bilan metil radikali bo‘lishi, aminning suvli eritmasining H2S va CO2 o‘ziga biriktirib olishni yanada kengaytiradi. Ekvivalent miqdor: 1:1.5 nisbatda reaksiyaga kirishadi. Ushbu reaksiyaga asoslanib amin eritmasi va tabiiy gazning bir-biri bilan uchrashish fazasini: 1:1.5 miqdorda olib boorish kerak. Tarelkalar tanlanishda suyuqlik va gazning sarfiy hisobiga asosiy e’tibor qaratiladi.


G‘alvirsimon tarelklarda tarelka ustida hosil qilinayotgan suyuqlik sathi miqdori me’yorini tanlash, tanlangan suyuqlik sathi me’yorini o‘zgarmasligi uchun absorberga berilayotgan suyuqlik sarfini bir xilda ta’minlash muhim ahamiyatga egadir. Desorber kalonnasi ichki qismi qalpoqchali tarelklardan jihozlashda asosan bosim farqini bir me’yorda ta’minlashda qaratilgan bo‘ladi.

Downloads

Download data is not yet available.

Article Details

Bo'lim

Geologiya va neft-gaz sanoati

How to Cite

Saxatov , B. G. (2024). TABIIY GAZNI KIMYOVIY ABSORBSIYA USULIDA H2S VA CO2 DAN TOZALASHDA YUTUVCHI KOMPONENTLARNING TO‘YINISH BALANSI ME’YORLARI. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 2(4), 150-155. https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.2.4.2024.56

References

1. Абидов Б., Азимов О.Ғ., Абдукаримова С., Бадриддинова Ф.- Углеводородли газлар технологияси. Тошкент-2007 йил.

2. А.И. Скобло, Ю.К. Молоканова, А.И. Иладимиров, В.А. Щелкунов – роцессы и аппараты нефтегазо-переработки и нефтехмии.–М.: Нефдра. 2000 год.

3. Азимов О.Ғ., Агзамов Ш.К.-Табиий газни ва газокондентсатини қайта ишлаш машина ва жихозлари. Тошкент-2008 йил.

4. Н.Р. Юсупбеков, Х.С. Нурмухамедов, З.Г. Зокиров Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари, Т.: «Шарк» 2003. 644 б.

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.