“Sanoatda raqamli texnologiyalar” (e-ISSN: 3030-3214 (https://portal.issn.org/resource/ISSN/3030-3214) ilmiy-texnik jurnali ochiq jurnal hisoblanib, mazkur jurnalning vazifasi ilm-fan taraqqiyotining modellashuvi, ta’limning yutuqlari va istiqbollarini, dolzarb muammolari va ularning yechimlarini, shuningdek, ishlab-chiqarish va ta’limning modernizatsiyalashuvi bosqichini yoritib borishdir. “Sanoatda raqamli texnologiyalar” ilmiy-texnik jurnalining maqsadi belgilangan soha mutaxassislari va olimlarning tadqiqotlari va innovatsiyalari to‘g‘risidagi nashrlarni jamoatchilikka xabardor qilish, yosh avlodning fan va ta’lim sohasidagi qiziqishlarini oshirish va ilmiy konsepsiyalarini bayon etishdir.

Jurnalga: 05.00.00-TEXNIKA FANLARI, 04.00.00-GEOLOGIYA-MINERALOGIYA FANLARI, 02.00.00-KIMYO FANLARI ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy maqolalar qabul qilinadi.

Jurnalga maqolalar: o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

“Sanoatda raqamli texnologiyalar” ilmiy-texnik jurnali quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalar qabul qiladi:

  • Kon-metallurgiya va ishlab chiqarish sanoati;
  • Geologiya va neft-gaz sanoati;
  • Kimyoviy texnologiya va qurilish;
  • Yengil sanoat tarmoqlari;
  • Ekologiya, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi.

“Sanoatda raqamli texnologiyalar” ilmiy-texnik jurnaliga chop qilingan har bir maqolaga raqamli identifikator (Digital Object Identifier - DOI) (https://www.doi.org) beriladi.

Jurnal quyidagi bazalarga indeksatsiya qilingan:

  1. CYBERLENINKA — ilmiy elektron kutubxona (https://cyberleninka.ru/journal/n/sanoatda-raqamli-texnologiyalar?i=1131974)
  2. eLIBRARY.RU – Ilmiy elektron kutubxona (https://www.elibrary.ru/title_about_new.asp?langid=1&id=81309)
  3. ResearchBib – ilmiy elektron kutubxona (https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-3214)
  4. SLIB.UZ – Ilmiy elektron kutubxona (https://slib.uz/uz/journal/view?id=285)
  5. Har bir maqola Google Akademiyasiga indeksatsiya qilinadi (https://scholar.google.com/citations?user=mzU3-6QAAAAJ&hl=en&authuser=3)
  6. Index Copernicus – ilmiy jurnallar bazasi (https://journals.indexcopernicus.com/search/details?id=129473)

Jurnal ta’sischilari:

  1. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;
  2. “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ.

“Sanoatda raqamli texnologiyalar” ilmiy-texnik jurnali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ro‘yxatga olingan 26.07.2023 yildagi №106679-sonli guvohnoma. Turkum nashrlarning chiqish maʼlumotlarini GOST 7.4-95 “Nashrlar. Chiqish maʼlumotlari” hamda GOST 7.56-2002 «Xalqaro standart turkum raqami» davlatlararo standartlar talablari asosida boʻlishini toʻliq taʼminlash maqsadida, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi bilan 2023 yil 12-dekabrda Davriy nashrlarga ISSN xalqaro standart raqami ISSN: 3030-3214 raqam berilgan.