Jurnal haqida
“Sanoatda raqamli texnologiyalar” ilmiy-texnik jurnali
Nashr davriyligi: Jurnal har chorakda bir marta, yiliga to‘rtta son nashr etiladi.
Maqsad va yo‘nalishlar
“Sanoatda raqamli texnologiyalar” ilmiy-texnik jurnali ochiq kirish (Open Access) tamoyili asosida faoliyat yuritadi. Jurnalning asosiy vazifasi — ilm-fan taraqqiyotining modellashuvi, ta’limning yutuqlari va istiqbollari, dolzarb muammolar va ularning yechimlarini, shuningdek, ishlab-chiqarish va ta’limning modernizatsiyalashuvi bosqichlarini yoritib borishdir.
Jurnalning maqsadi — soha mutaxassislari va olimlarning tadqiqotlari va innovatsiyalarini keng jamoatchilikka etkazish, ilmiy fikr almashinuvini faollashtirish, yosh avlodning fan va ta'limga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ilmiy konsepsiyalarni rivojlantirishdir.
- 05.00.00 — Texnika fanlari
- 04.00.00 — Geologiya-mineralogiya fanlari
- 02.00.00 — Kimyo fanlari
Jurnal yo‘nalishlari
- Kon-metallurgiya va ishlab chiqarish sanoati
- Geologiya va neft-gaz sanoati
- Kimyoviy texnologiya va qurilish
- Yengil sanoat tarmoqlari
- Ekologiya, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
Har bir chop etilgan maqolaga raqamli identifikator Digital Object Identifier (DOI) beriladi — doi.org
Jurnal indeksatsiyasi
- CYBERLENINKA — ilmiy elektron kutubxona
- eLIBRARY.RU — ilmiy elektron kutubxona
- ResearchBib — ilmiy jurnallar bazasi
- SLIB.UZ — ilmiy elektron kutubxona
- Google Scholar indeksatsiyasi — Google Akademiya profili
- Index Copernicus — ilmiy jurnallar bazasi
- OpenAlex — ochiq ilmiy ma’lumotlar bazasi
- Sudoc — Fransiya universitet kutubxonalari katalogi
- ResearchGate — olimlar ilmiy tarmog‘i
- ORCID — mualliflar identifikatori tizimi
- Web of Science Research Commons — Clarivate ilmiy bazasi
Jurnal ta’sischilari
- Qarshi davlat texnika universiteti
- “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ
Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 26.07.2023 yildagi №106679-sonli guvohnoma bilan ro‘yxatga olingan.
Turkum nashrlar GOST 7.4–95 va GOST 7.56–2002 davlatlararo standartlariga muvofiq rasmiylashtirilgan bo‘lib, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan 2023-yil 12-dekabrda jurnalga ISSN: 3030-3214 raqami berilgan.
4(4)-sonidan boshlab amal qiladigan qoidalar
4(4)-sonidan boshlab har sonda o‘rtacha 25–30 ta maqola rejalashtiriladi. Har bir muallif, shu jumladan barcha hammualliflar, bitta sonda faqat bitta maqolada qatnashishi mumkin. Qabul qilish ilmiy sifat, jurnal talablariga muvofiqlik va taqriz natijalariga asoslanadi.