O‘ZBEKISTONDA VISMUT ISHLAB CHIQARISH XOMASHYO BAZASI VA ULARDAN VISMUTNI AJRATIB OLISH IMKONIYATLARINI TADQIQ QILISH

Maqolaning Asosiy Qismi

Xasanov, A.S.
Eshonqulov, U.X.
Saipov, X.A.
Xasanov, U.A.

Annotatsiya

Ushbu maqolada tabiiy va texnogen manbalardan vismut (Bi) olish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy obyekti sifatida Toshkent viloyatidagi Ustarasoy koni hamda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda hosil bo‘ladigan qo‘rg‘oshin–vismutli shlamlar o‘rganildi. Ustarasoy koni yuqori devon davrining karbonat-alevrolitli jinslari orasida shakllangan vismut–arsenopiritli gidrotermal tomir-metasomatik shakllanish turiga mansub bo‘lib, u yerda vismutin, kobellit, kozalit, vismutotintinaït va boshqa vismutli minerallar aniqlangan. “Olmaliq KMK”da mis eritish jarayonida hosil bo‘lgan qo‘rg‘oshin–vismutli shlamlarda Bi miqdori 0,19–2,0% gacha, konvertor changlarida esa 0,5–1,0% gacha aniqlangan. Shlamlardagi PbSO₄ ni eritish uchun NaCl eritmasidan foydalanish bo‘yicha tajribalar natijasida 95°C da va 300 g/l kontsentratsiyada qo‘rg‘oshinning eritmaga o‘tish darajasi 85,3% ni tashkil etgani aniqlandi. Natijada vismutning konsentratsiyasi ikki baravar ortgan, qimmatbaho metallarning (Au, Ag) boyitilishi esa samarali kechgan. Tadqiqotlar vismutni ikkilamchi manbalardan qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish uchun muhim ilmiy asos yaratadi.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Kon-metallurgiya va ishlab chiqarish sanoati

Muallif biografiyalari

Xasanov, A.S., “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va tadbiq etish markazining texnologiya bo‘yicha direktor o‘rinbosari, t.f.d., professor, Olmaliq, O‘zbekiston

Eshonqulov, U.X., Karshi State Technical University

Qarshi davlat texnika universiteti dotseni, PhD, Qarshi, O‘zbekiston

Saipov, X.A., “O‘zbekgeologiyaqidiruv” Toshkent markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi

“O‘zbekgeologiyaqidiruv” Toshkent markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi Olmaliq geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi geologi, Olmaliq, O‘zbekiston

Xasanov, U.A., “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, yetakchi muhandis, t.f.d., Olmaliq, O‘zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Xasanov, A. S., Eshonqulov, U. X., Saipov, X. A., & Xasanov, U. A. (2025). O‘ZBEKISTONDA VISMUT ISHLAB CHIQARISH XOMASHYO BAZASI VA ULARDAN VISMUTNI AJRATIB OLISH IMKONIYATLARINI TADQIQ QILISH. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 3(4), 10-19. https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.3.4.2025.32

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Xasanov, A. S. (2025). O‘zbekiston sharoitida vismut ishlab chiqarish xomashyo bazasi va ulardan vismutni ajratib olish imkoniyatlarini tadqiq qilish. Gornyy vestnik Uzbekistana, (1), 45–52.

[2] Смирнов, В. И. (1950). Металлургия меди и никеля. Москва: Металлургиздат.

[3] Ruddle, R. W. (1959). The physical chemistry of copper smelting. London: Institution of Mining and Metallurgy.

[4] Vorobyov, E. P., & Vdovlyanskiy, G. M. (1968). Гидротермальные месторождения висмута Западного Тянь-Шаня. Геология рудных месторождений, (4), 32–43.

[5] Shcherba, G. N., & Kochkin, Yu. N. (1978). Висмутовые месторождения СССР. Москва: Недра.

[6] Biswas, A. K., & Davenport, W. G. (2011). Extractive metallurgy of copper (5th ed.). Oxford: Elsevier Science.

[7] Habashi, F. (1997). Handbook of extractive metallurgy (Vol. 2, pp. 987–1024). Weinheim: Wiley-VCH.

[8] Wang, S., & Wesstrom, B. (2004). Recovery of bismuth from copper smelter dusts: Chloride leaching and cementation. Hydrometallurgy, 73(3–4), 241–248.

[9] Кудрин, В. А., & Шумаков, Н. С. (2012). Переработка свинцово-висмутовых шламов медеплавильного производства. Цветные металлы, (7), 54–59.

[10] Ozbayoglu, G., & Atalay, M. U. (2003). Beneficiation of bismuth from lead–zinc ores and by-products. Mineral Processing and Extractive Metallurgy Review, 24(2), 145–167.

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.