MARJONBULOQ KONI RUDASIDAN OLTINNI JINCHAN REAGENTI YORDAMIDA TANLAB ERITISHNING TEXNOLOGIK SAMARADORLIGINI NATRIY SIANIDI BILAN QIYOSIY BAHOLASH

Maqolaning Asosiy Qismi

Rahmonova, U.T.
Xasanov, A.S.
https://orcid.org/0009-0004-9162-7622
Saidaxmedov, A.A.

Annotatsiya

“Jinchan” ekologik xavfsiz reagentlari yordamida oltinni tanlab eritmaga o‘tkazish jarayonini o‘rganish maqsadida Marjonbuloq oltin tarkibli ruda konidan olingan namunalarda tajriba-tadqiqot ishlari olib borildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, ruda -0,074 mm zarracha o‘lchamigacha 90% dan ortiq darajada yanchilganda, bo‘tanadagi qattiq zarralar miqdori 40%, oxak sarfi 3 kg/t, ishqoriy muhitda dastlabki ishlov berish vaqti 2 soat, “Jinchan” reagenti sarfi 350 g/t va tanlab eritish davomiyligi 16 soat bo‘lgan optimal texnologik sharoitlarda oltinni tanlab eritmaga o‘tkazish darajasi 95,2% ga yetdi. Olingan natijalar “Jinchan” reagenti oltinni yuqori samaradorlik bilan tanlab eritmaga o‘tkazish imkoniyatiga ega ekanligini hamda uni an’anaviy sianidli texnologiyalarga ekologik xavfsiz muqobil reagent sifatida qo‘llash istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, an’anaviy sianlash texnologiyasi bilan taqqoslaganda, ekologik xavfsiz «Jinchan» reagenti yordamida oltinni tanlab eritish davomiyligi 4 soatga qisqardi, bu esa texnologik jarayonning unumdorligi va iqtisodiy samaradorligini sezilarli darajada oshirdi. Tanlab eritishdan keyin hosil bo‘lgan chiqindilarning ekologik xavfsizligi ham baholandi. Tahlillar natijasida chiqindilar tarkibidagi erkin sianid, qo‘rg‘oshin, rux va mыshyak miqdorlari amaldagi davlat ekologik standartlarida belgilangan ruxsat etilgan me’yorlardan past ekanligi aniqlandi. Shu sababli, mazkur chiqindilar qo‘shimcha detoksikatsiya jarayonisiz ekologik talablarga muvofiq joylashtirilishi mumkin. Qiyosiy iqtisodiy tahlil natijalari «Jinchan» reagentini qo‘llash ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirishini ko‘rsatdi.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Kon-metallurgiya va ishlab chiqarish sanoati

Muallif biografiyalari

Rahmonova, U.T., Karshi State Technical University

Qarshi davlat texnika universiteti, Mustaqil izlanuvchi, Qarshi, O‘zbekiston

Xasanov, A.S., “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ

Texnika fanlari doktori, professor, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va joriy etish markazi texnologiya bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Olmaliq, O‘zbekiston

Saidaxmedov, A.A., Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, t.f.d., dotsent, Navoiy, O‘zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Rahmonova, U. T., Xasanov, A. S., & Saidaxmedov, A. A. (2026). MARJONBULOQ KONI RUDASIDAN OLTINNI JINCHAN REAGENTI YORDAMIDA TANLAB ERITISHNING TEXNOLOGIK SAMARADORLIGINI NATRIY SIANIDI BILAN QIYOSIY BAHOLASH. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(3). https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.3.2026.25

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Marsden, J., & Haus, I. (2006). The chemistry of gold extraction (2nd ed.). SME.

[2] Adams, M. D. (2016). Gold ore processing: Project development and operations (2nd ed.). Elsevier.

[3] Fleming, K. A. (2004). Hydrometallurgy of precious metals recovery. Hydrometallurgy.

[4] Kenneth, N. H. (1992). Trends and prospects for the development of the leaching method. Raw Metallurgy, (4), 36–42.

[5] Gо, I., et al. (1994). Thiourea leaching of gold ores. Gold Forum on Technology.

[6] Elmer, D., et al. (2001). Thiosulfate leaching for gold extraction. Minerals Engineering.

[7] Li, S. S., et al. (2004). Halide leaching technology for gold extraction. Hydrometallurgy.

[8] Xasanov, A. S., & Sanaqulov, Q. S., va boshqalar. (2010). Rangli metallar metallurgiyasi. Fan.

[9] Котляр, Ю. А., Меретуков, М. А., & Стрижко, Л. С. (2005). Металлургия благородных металлов (Т. 1, с. 253–263). Руда и металлы.

[10] Шарипов, Х. Т., Борбат, В. Ф., & Даминова, Ш. Ш. (2018). Химия и технология платиновых металлов (с. 3–40). Университет.

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.