QALMOQIR KONIDAGI OKSIDLANGAN MIS RUDALARINI CHANLARDA TANLAB ERITISH BO‘YICHA TADQIQOT NATIJALARI

Maqolaning Asosiy Qismi

Xasanov, A.A.
Usenov, R.B.
Geydarov, A.E.
Jo‘raqulova, S.B.

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy tog‘-kon sanoatida dolzarb hisoblangan Qalmoqqir konining oksidlangan mis rudalarini qayta ishlash masalalari tadqiq etilgan. So‘nggi yillarda qazib olinayotgan xomashyo tarkibida oksidlangan va aralash rudalarning ulushi ortib borayotgani sababli, ularni an’anaviy flotatsiya usullari bilan boyitish samaradorligi pastligi aniqlangan. Tadqiqot ishida oksidlangan mis minerallarining (malaxit, azurit va boshqalar) mineralogik va kimyoviy xususiyatlari tahlil qilinib, ularning sulfidizatsiya asosidagi flotatsiya jarayonida past tiklanish ko‘rsatkichlariga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan. Shu munosabat bilan sulfat kislota yordamida tanlab eritish jarayonining misni eritmaga o‘tkazish samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy texnologik omillar — kislota konsentratsiyasi, rudaning yiriklik darajasi, eritish vaqti, harorat va qattiq–suyuq fazalar nisbati (Q:S) o‘rganilgan. Tajribalar natijasida sulfat kislota konsentratsiyasi 3%, rudaning yiriklik sinfi −1 mm, harorat 40°C, eritish vaqti 30 daqiqa hamda Q:S = 1:3 bo‘lgan sharoitlarda misning eritmaga ajralish darajasi 60–80% gacha yetishi aniqlangan. Olingan natijalar oksidlangan mis rudalarini gidrometallurgik usulda qayta ishlashning yuqori istiqbolliligini ko‘rsatadi va ushbu texnologiyani sanoat miqyosida qo‘llash imkoniyatlarini asoslaydi.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Kon-metallurgiya va ishlab chiqarish sanoati

Muallif biografiyalari

Xasanov, A.A., Olmaliq davlat texnika instituti

Dotsent, Olmaliq davlat texnika instituti, Olmaliq, O‘zbekiston

Usenov, R.B., Olmaliq davlat texnika instituti, Olmaliq, O‘zbekiston

Dotsent, Olmaliq davlat texnika instituti, Olmaliq, O‘zbekiston

Geydarov, A.E., Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Kataliz va Noorganik Kimyo Instituti

Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Kataliz va Noorganik Kimyo Instituti, laboratoriya mudiri, kimyo fanlari doktori, professor, Ozarbayjon

Jo‘raqulova, S.B., Olmaliq davlat texnika instituti

Magistrant, Olmaliq davlat texnika instituti, Olmaliq, O‘zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Xasanov, A. A., Usenov, R. B., Geydarov, A. E., & Jo‘raqulova, S. B. (2026). QALMOQIR KONIDAGI OKSIDLANGAN MIS RUDALARINI CHANLARDA TANLAB ERITISH BO‘YICHA TADQIQOT NATIJALARI. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(1), 41-46. https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.1.2026.10

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Feng, Q., Yang, W., Han, G., et al. (2022). Flotation of copper oxide minerals: A review. International Journal of Mining Science and Technology, 32(6), 1351–1364. DOI: https://doi.org/10.1016/j.ijmst.2022.09.011

[2] Maleki, H., Noparast, M., Chehreghani, S., Mirmohammadi, M. S., & Rezaei, A. (2023). Optimization of flotation of the Qaleh Zari mine oxidized copper ore sample by the sequential sulfidation approach using the response surface method technique. Rudarsko-geološko-Naftni Zbornik, 38(1), 59–68. DOI: https://doi.org/10.17794/rgn.2023.1.6

[3] Wei, X., Sun, Y., Wei, X., & Gao, P. (2025). Sulfidation reconstruction methods for improving the floatability of copper oxide minerals: A review. Minerals Engineering, 235, 109843. DOI: https://doi.org/10.1016/j.mineng.2025.109843

[4] Watling, H. R. (2006). The bioleaching of sulphide minerals with emphasis on copper sulphides — A review. Hydrometallurgy, 84(1–2), 81–108. DOI: https://doi.org/10.1016/j.hydromet.2006.05.001

[5] Усенов, Р. Б., Алматов, И. М., & Сагдиева, М. Г. (2019). Опредение пригодности чанового сернокислотного выщелачивания отвальных окисленных медных руд месторождения кальмакыр. In Современные тенденции в области теории и практики добычи и переработки минерального и техногенного сырья (pp. 423-426).

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.