"Sanoatda raqamli texnologiyalar" ilmiy-texnik jurnali xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy olimlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish hamda jurnalning xalqaro nufuzini oshirish maqsadida maxsus rag‘batlantirish aksiyasini e'lon qiladi. Jurnal sanoat, geologiya, texnika va kimyo fanlari yo‘nalishlarida ilmiy maqolalarni qabul qiladi.
"Sanoatda raqamli texnologiyalar" ilmiy-texnik jurnalining 3(2)-soni27-iyun, 2025-yil kuni chop etiladi.
Ushbu son sanoat tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-amaliy yechimlar va innovatsion tadqiqotlar bilan boyitilgan maqolalarni o‘z ichiga oladi.
Maqolalarning to‘liq matnlari elektron ko‘rinishda saytimizda srt-journal.uz orqali va Telegram kanalimizda e'lon qilinadi.
Tadbirda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutidan "Sanoatda raqamli texnologiyalar" ilmiy-texnik jurnali vakili, dotsent Uchqun Eshonqulov ham ishtirok etdi