DIVALKAK KONINING QUYI-O‘RTA YURA DAVRI TERRIGEN YOTQIZIQLARINING SAMARALI GORIZONTLARI BO‘YICHA RAQAMLI GEOLOGIK MODELNI QURISH (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI)
Maqolaning Asosiy Qismi
Annotatsiya
Maqolada ko‘rib chiqilgan Divalkak koni Ispanli-Chandir ko‘tarilishida joylashgan bo‘lib, unda foydalanishga yotqizilgan qatlamlar karbonatli yura va quyi-o‘rta yura davri terrigenn tog‘ jinslari bilan ifodalangan. Terrigen to‘planmalarining geologik modellashtirilishi ushbu jinslarning tabiati va o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liq xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular murakkab litologik nomutanosiblik va murakkab geometriya bilan xarakterlanadi. Modellashtirishda ushbu omillar hisobga olinishi, shuningdek, maxsus usul va yondashuvlar qo‘llanilishi talab etiladi. Ushbu ishda Divalkak gaz-kondensat konining XV-NR va XVIII samarali gorizontlari uchun uch o‘lchamli raqamli geologik modelni yaratish metodikasi taqdim etilgan. Geologik-geofizik ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va talqin qilish bosqichlari, struktural modellashtirish, litologik modelni qurish va filtrlash-sig‘imlilik xossalarini (FSX) modellashtirish tushuntirilgan. Fatsiyalar tarqalishi va ko‘plab variogramma qurish variantlari asosida o‘rganilayotgan obyekt bo‘ylab g‘ovaklik tarqalishi hisobga olinib, g‘ovaklik kubi olindi. Yaratilgan geologik model kollektorlarga xos ichki tuzilmani eng aniq ifoda etgan holda, qatlamlarning cho‘kindi xususiyatlari va petrofizik munosabatlarini chuqurroq tushunish imkonini beradi.
Yuklab olishlar
Maqola Tafsilotlari
Bo‘lim

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Ommaviy Litsenziya Shartlari
(Ochiq jurnal tizimlari (OJS) uchun)
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq quyidagi shartlar taqdim etiladi:
-
Mualliflik huquqi:
Chop etilgan maqolaning mualliflik huquqi muallif(lar)ga tegishli bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, maqola OJS platformasida chop etilgandan so‘ng, uning kontenti Creative Commons (CC BY) litsenziyasi asosida tarqatiladi. -
Litsenziya turi:
Ushbu maqola Creative Commons Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) litsenziyasi asosida tarqatiladi. Bu shuni anglatadiki, foydalanuvchilar ushbu maqolani quyidagi shartlarda qayta ishlatishlari, bo‘lishishlari va qayta ishlashlari mumkin:- Nusxa ko‘chirish va tarqatish: Maqola matni yoki uning qismlari nusxasi erkin tarqatilishi mumkin.
- Iqtibos keltirish va tahlil qilish: Maqoladan qismlar iqtibos sifatida foydalanilishi mumkin.
- Erkin foydalanish: Tadqiqot va o‘quv jarayonlari uchun maqoladan erkin foydalanish huquqi mavjud.
- Muallifga havola qilish: Foydalanuvchilar maqola muallifini to‘g‘ri ko‘rsatishi va asl manbaga havola berishi lozim.
-
Kommersiyaviy foydalanish:
Ushbu maqoladan tijorat maqsadlarida foydalanishga ruxsat beriladi, ammo mualliflik va manbaga havola majburiy hisoblanadi. -
Hujjatni o‘zgartirish:
Maqolaning matni yoki mazmunini o‘zgartirish, uni qayta ishlash mumkin, lekin har qanday o‘zgarishlar mualliflikka salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. -
Mas’uliyat cheklovi:
Muallif(lar) maqola tarkibidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga javobgar bo‘lib, platforma tahririyati mazkur ma’lumotlardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan har qanday zarar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. -
Ommaviy foydalanish majburiyatlari:
Ushbu maqola mazmuni faqat qonuniy va axloqiy talablar asosida ishlatilishi kerak. Noqonuniy foydalanish qat’iyan man etiladi.
Izoh:
Mazkur litsenziya shartlari mualliflar va foydalanuvchilar o‘rtasida ochiq va shaffof foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. Bu shartlarni qabul qilish orqali, siz maqola mazmunini Creative Commons litsenziyasiga muvofiq qayta ishlash va tarqatishga rozilik bildirasiz.
Havola: Creative Commons Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
Iqtibos keltirish tartibi
Adabiyotlar ro‘yxati
[1] Бакиров, А. А. (1976). Теоретические основы и методы поисков и разведки скоплений нефти и газа. Москва: Высшая школа. 415 с.
[2] Бабаджанов, Т. Л., Черкашина, Л. Г., & Рубо, В. В. (1988). Новые данные о перспективах газоносности терригенных юрских отложений Западного Узбекистана. Геология нефти и газа, (2), 21–24.
[3] Евсеева, Г. Б. (2015). Литолого–фациальные особенности и фильтрационно–емкостные свойства терригенных отложений юры Бухаро–Хивинского нефтегазоносного региона. SOCAR Proceedings, (2), 4–9.
[4] Закревский, К. Е. (2009). Геологическое 3D моделирование. Москва: ООО ИПЦ МАСКА.
[5] Закревский, К. Е., Майсюк, Д. М., & Сыртланов, В. Р. (2008). Оценка качества 3D моделей. Москва.