SENTINEL-1 TASVIRLARI YORDAMIDA YER OSTI KONCHILIK FAOLIYATI NATIJASIDA YUZAGA KELGAN YER YUZASI DEFORMATSIYASINI INSAR USULI ORQALI MONITORING QILISH

Maqolaning Asosiy Qismi

Botirov, Sh.S.
https://orcid.org/0009-0002-3045-4217
Nomdorov, R.U.
Abdisamatov, B.A.

Annotatsiya

Annotatsiya. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan Xondiza polimetall konida yer osti qazib olish jarayonlari natijasida yer yuzasida deformatsion o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin. Tog‘ jinslarining geologik murakkabligi va kon ishlari intensivligi cho‘kish jarayonining fazoviy va vaqt bo‘yicha notekis rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ushbu tadqiqotda Sentinel-1 sun’iy yo‘ldoshining 7 va 18 kunlik qayta kuzatuv davriga ega radar tasvirlari asosida InSAR texnologiyasi qo‘llanildi. Vaqtinchalik dekorrelyatsiya ta’sirini minimallashtirish hamda aniqlanadigan deformatsiya gradientini oshirish maqsadida SBAS (Small Baseline Subsets) va IPTA (Interferometric Point Target Analysis) algoritmlari integratsiyalangan holda qo‘llandi. Qayta ishlash natijasida kon hududida deformatsiyaning fazoviy uzluksiz modeli shakllantirildi va ayrim faol qazib olinayotgan uchastkalarda yiliga bir necha o‘n santimetrga yetuvchi cho‘kish tezliklari aniqlandi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, deformatsiya jarayonining intensivligi va fazoviy taqsimoti qazib olish chuqurligi, ruda qatlamining qalinligi hamda tektonik uzilishlar tizimi bilan uzviy bog‘liqdir. Monitoring natijalari kon infratuzilmasi barqarorligini baholash, yer usti inshootlarini himoyalash hamda ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Olingan natijalar Xondiza konida geodinamik jarayonlarni masofadan monitoring qilish, xavfsizlik choralarini rejalashtirish va ekologik boshqaruvni takomillashtirish uchun muhim ilmiy asos yaratadi.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Kon-metallurgiya va ishlab chiqarish sanoati

Muallif biografiyalari

Botirov, Sh.S., Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

Katta o‘qituvchi, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Termiz, O‘zbekiston

Nomdorov, R.U., Karshi State Technical University

PhD, dotsent, Qarshi davlat texnika universiteti, Qarshi, O‘zbekiston

Abdisamatov, B.A., Karshi State Technical University

Talaba, Qarshi davlat texnika universiteti, Qarshi, O‘zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Botirov, S. S., Nomdorov, R. U., & Abdisamatov, B. A. (2026). SENTINEL-1 TASVIRLARI YORDAMIDA YER OSTI KONCHILIK FAOLIYATI NATIJASIDA YUZAGA KELGAN YER YUZASI DEFORMATSIYASINI INSAR USULI ORQALI MONITORING QILISH. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(1), 69-74. https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.1.2026.22

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Berardino, P., Fornaro, G., Lanari, R., & Sansosti, E. (2002). A new algorithm for monitoring surface deformation based on small baseline differential SAR interferograms. IEEE Transactions on Geoscience and Remote Sensing, 40, 2375–2383. DOI: https://doi.org/10.1109/TGRS.2002.803792

[2] Ferretti, A., Prati, C., & Rocca, F. (2001). Permanent scatterers in SAR interferometry. IEEE Transactions on Geoscience and Remote Sensing, 39, 8–20. DOI: https://doi.org/10.1109/36.898661

[3] Graham, L. C. (1974). Synthetic interferometric radar for topographic mapping. Proceedings of the IEEE, 62, 763–768. DOI: https://doi.org/10.1109/PROC.1974.9516

[4] Werner, C., Wegmuller, U., Strozzi, T., & Wiesmann, A. (2003). Interferometric point target analysis for deformation mapping. IEEE Transactions on Geoscience and Remote Sensing, 41, 4362–4364. DOI: https://doi.org/10.1109/IGARSS.2003.1295516

[5] Zhang, X. D., Ge, D. Q., Wu, L. X., Zhang, L., Wang, Y., & Guo, X. F. (2012). Monitoring land subsidence in mining cities based on coherent target small baseline InSAR. Journal of China Coal Society, 37, 1606–1611.

[6] Ботиров, Ш. С., & Номдоров, Р. У. (2025). Мониторинг деформаций земной поверхности, вызванных подземными горными работами на месторождении Хондиза, на основе технологии InSAR и спутниковых изображений Sentinel-1. Sanoatda raqamli texnologiyalar, 3(3), 88–93. https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.3.3.2025.30 DOI: https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.3.3.2025.30

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.