NOKONDITSION FOSFORITLAR VA OQOVA SUVLAR CHO‘KINDILARI ASOSIDA ORGANIK-MINERAL O‘G‘ITLAR OLISH

Maqolaning Asosiy Qismi

Muxammatova, U.X.
Temirov, O‘.Sh.
Sharipov, S.Sh.
Taxirova, N.B.

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda nokonditsion fosforit minerallashgan massasi va kanalizatsiya oqova suvlarini biokimyoviy tozalash inshootlarida hosil bo‘ladigan oqova suvlar cho‘kindilari (OSCh) asosida organik-mineral o‘g‘itlar olish imkoniyatlari o‘rganildi. Fosforit va OSCh 90:10 dan 30:70 gacha bo‘lgan og‘irlik nisbatlarida aralashtirilib, 30 % li sulfat kislotasi bilan kalsiy oksidiga nisbatan 50–90 % stixiometrik me’yorlarda kimyoviy ishlov berildi. Ishlov natijasida hosil bo‘lgan bo‘tqalar suyuq va qattiq fazalarga ajratilib, ularning tarkibidagi umumiy P₂O₅, organik moddalar, gumin va fulvo kislotalar miqdori tahlil qilindi. Olingan natijalar fosforit ulushi yuqori bo‘lgan namunalarda fosfor miqdori ortishi, OSCh ulushi oshirilganda esa organik moddalar, ayniqsa suyuq faza tarkibidagi fulvo kislotalar miqdorining sezilarli ko‘payishini ko‘rsatdi. Sulfat kislotasi me’yorining oshirilishi fosforning suyuq fazaga o‘tishini va organik moddalar bilan barqaror komplekslar hosil qilishini ta’minladi. Tadqiqot natijasida fulvo kislotalarga boy tez ta’sir etuvchi suyuq o‘g‘it hamda gumin kislotalar ustun bo‘lgan uzoq ta’sir etuvchi qattiq organik-mineral o‘g‘it olish imkoniyati ilmiy jihatdan asoslandi.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Kimyoviy texnologiya va qurilish

Muallif biografiyalari

Muxammatova, U.X., Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

Assistent, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Navoiy, O‘zbekiston

Temirov, O‘.Sh., Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

Texnika fanlari doktori, professor, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Navoiy, O‘zbekiston

Sharipov, S.Sh., Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

Texnika fanlari doktori, dotsent, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Navoiy, O‘zbekiston

Taxirova, N.B., Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

Dosent, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Navoiy, O‘zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Muxammatova, U. X., Temirov, O. S., Sharipov, S. S. o‘g‘li, & Taxirova, N. B. (2026). NOKONDITSION FOSFORITLAR VA OQOVA SUVLAR CHO‘KINDILARI ASOSIDA ORGANIK-MINERAL O‘G‘ITLAR OLISH. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(1), 197-202. https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.1.2026.25

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Гаспарян, И. Н., & Сорокин, К. Н. (2022). Проблемы производства гуминовых удобрений и их решения. Агроинженерия, 24(1), 23–27.

[2] Роганов, В. Р., Касимова, Л. В., Телянова, А. В., & Елисеева, И. В. (2014). Исследование способов извлечения из низинного торфа гуминовых препаратов. Современные проблемы науки и образования, (6), 1411.

[3] Вишнякова, А. А. (1986). Фосфорные удобрения из каратауских, гулиобских и других фосфоритов. Москва: Химия.

[4] El-Banna, A. A., & Abd El-Rahman, S. H. (2018). Partial acidulation of phosphate rock and its agronomic effectiveness. Journal of Plant Nutrition, 41(12), 1547–1558.

[5] Stevenson, F. J. (1994). Humic substances in soil, sediment, and water: Geochemistry, isolation, and characterization. New York: John Wiley & Sons.

[6] Zhang, H., Wang, X., & Li, Y. (2023). The effective combination of humic acid and phosphate fertilizer on phosphorus availability and crop uptake. Agronomy, 13(6), Article 1581. DOI: https://doi.org/10.3390/agronomy13061581

[7] Kelessidis, A., & Stasinakis, A. S. (2012). Comparative study of the methods used for treatment and final disposal of sewage sludge in European countries. Waste Management, 32(6), 1186–1195. DOI: https://doi.org/10.1016/j.wasman.2012.01.012

[8] Liu, R., & Zhao, D. (2019). Fulvic acid enhanced phosphorus availability and mobility in calcareous soils. Soil Science Society of America Journal, 83(2), 375–384.

[9] Harrison, E. Z., Oakes, S. R., & Hysell, M. (2006). Organic chemicals in sewage sludges. Science of the Total Environment, 367(2–3), 481–497. DOI: https://doi.org/10.1016/j.scitotenv.2006.04.002

[10] Rahman, M. M., & Tsukamoto, J. (2014). Chemical transformation of phosphorus during composting and acid treatment of organic wastes. Bioresource Technology, 168, 68–75. https://doi.org/10.1016/j.biortech.2014.06.018 DOI: https://doi.org/10.1016/j.biortech.2014.06.018

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.