YERTOSHSOY MAYDONI MAGMATIK TOG‘ JINSLARINING PETROGRAFIK XUSUSIYATLARI (CHOTQOL TOG‘LARI)

Maqolaning Asosiy Qismi

Xusainov, X.A.
Bektemirov, L.S.

Annotatsiya

Maqolada Yertoshsoy maydonida tarqalgan magmatik tog‘ jinslarining petrografik va petroximik xususiyatlari hamda ularning shakllanish qonuniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotlar dala-geologik kuzatuvlar, shaffof va sayqallangan shliflarning mineralogik-petrografik tahlili hamda tog‘ jinslarining kimyoviy tarkibini qiyosiy baholash asosida olib borilgan. Tadqiqot natijasida hududda dolerit, adamellit, leykogranit va traxiriolit kabi turli tarkibli magmatik jinslarning tarqalganligi aniqlangan. Ularning mineral tarkibi, strukturaviy-teksturaviy xususiyatlari va ikkilamchi o‘zgarishlari tavsiflangan. Petroximik ma’lumotlar magmatik evolyutsiya davomida SiO₂, K₂O va Na₂O miqdorining ortishi, MgO, CaO hamda temir komponentlarining kamayishi bilan ifodalanadigan differensiallanish jarayonini ko‘rsatadi. Granitoid jinslarni kesib o‘tuvchi asos tarkibli dolerit daykalarining mavjudligi Yertoshsoy hududida magmatik jarayonlarning ko‘p bosqichli kechganligini ko‘rsatadi. Olingan natijalar hududning geologik rivojlanish tarixini, magmatik evolyutsiyasini va istiqbolli ma’danlashuv bilan bog‘liq geologik omillarni baholash uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Geologiya va neft-gaz sanoati

Muallif biografiyalari

Xusainov, X.A., Oʻzbekiston Milliy Universiteti

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, Toshkent, O‘zbekiston

Bektemirov, L.S.

Magistrant, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Xusainov, X. A., & Bektemirov, L. S. (2026). YERTOSHSOY MAYDONI MAGMATIK TOG‘ JINSLARINING PETROGRAFIK XUSUSIYATLARI (CHOTQOL TOG‘LARI). Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(3-1). https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.3-1.2026.9

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Ахунджанов, Р., Мамарозиков, У. Д., Сайдыганиев, С. С., & Суюндикова, Г. М. (2006). Щелочные онгориолиты Ерташсая (Алмалык-Ангренский горнорудный район, Срединный Тянь-Шан). Геология ва минерал ресурслар, (6).

[2] Ахунджанов, Р., Усманов, А. И., Мамарозиков, У. Д., & Сайдыганиев, С. С. (2007). Сравнителная характеристика габброидных интрузивов юго-западных отрогов Чаткалского хребта (Срединный Тянь-Шан). Геология ва минерал ресурслар, (2).

[3] Mamarozikov, U. D., va boshq. (2009). Chotqol-Qurama mintaqasi yuqoripaleozoy postkollizion magmatizmi va uning ma’dandorligi mavzusida O‘zRFA Fundamental tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash fondi granti bo‘yicha bajarilgan tadqiqot ishlari to‘g‘risidagi yakuniy hisobot. O‘zR FA Geologiya va geofizika instituti fondi.

[4] Jumaniyozov, D. I., Karimova, F. B., Xo‘jjiyev, M. O., Ileshov, K. M., & Samandarova, Sh. Y. (2025). O‘zbekiston tog‘ jinslarining etalon namunalari katalogi (B. F. Islomov, Tahr.). Ilm va fan.

[5] Mamarozikov, U. D., va boshq. (2008). Kamyob metalli nordon magmatizm va Olmaliq-Angren tog‘-kon rayonida u bilan bog‘langan ma’danlashuvni bashoratlash mavzusida 2006–2008 yillarda bajarilgan ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari to‘g‘risida yakuniy hisobot. Toshkent.

[6] Suyundikova, G. M., & Mamarozikov, U. D. (2006). Olmaliq-Ohangaron tog‘-konchilik rayoni kamyob metalli litiy-ftorli granitlarining subvulqon muqobillari – ongonitlarning petrologiyasi va ma’dandorligi: Yakuniy hisobot. Toshkent.

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.