XO‘JABARKU–MALYANGUR PALEVULQONI ANDEZITLARI VA ULARNING TUFLARINING PETROGRAFIK XUSUSIYATLARI

Maqolaning Asosiy Qismi

Niyozov, D.B.
Ikromov, O.O.

Annotatsiya

Mazkur maqolada Janubiy O‘zbekiston hududida tarqalgan Xo‘jabarku–Malyangur paleovulqoni andezitlari va ularning tuflarining petrografik xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotda tog‘ jinslarining makroskopik va mikroskopik belgilari, mineral tarkibi, strukturasi, teksturasi, porfirli ajralmalari hamda ikkilamchi o‘zgarishlari tahlil qilingan. Andezit, andezibazalt, kvarsli andezit, andezidatsit va tufogen jinslarning petrografik xususiyatlari polarizatsion mikroskop yordamida o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘rganilgan vulkanogen jinslarda plagioklaz, amfibol, kvars va boshqa minerallar ishtirok etishi, asosiy massada esa mikrolitli, gialopilitli, intersertal va pilotaksitli strukturalar rivojlanganligi aniqlangan. Ayrim minerallarda sossyuritlashish, xloritlashish, epidotlashish, karbonatlashish va seritsitlashish kabi ikkilamchi o‘zgarishlar qayd etilgan. Olingan petrografik ma’lumotlar Xo‘jabarku–Malyangur paleovulqonidagi vulkanik jarayonlarning rivojlanish xususiyatlari va vulkanogen jinslarning shakllanish sharoitlarini aniqlashtirish uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Geologiya va neft-gaz sanoati

Muallif biografiyalari

Niyozov, D.B., H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti DM

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti DM, muhandis-geolog, Toshkent, O‘zbekiston

Ikromov, O.O., H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti DM

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti DM, kichik ilmiy xodim, Toshkent, O‘zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Niyozov, D. B., & Ikromov, O. O. (2026). XO‘JABARKU–MALYANGUR PALEVULQONI ANDEZITLARI VA ULARNING TUFLARINING PETROGRAFIK XUSUSIYATLARI. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(3). https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.3.2026.37

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Шаякубов, Т. Ш., Далимов, Т. Н., Арапов, В. А., Шпотова, Л. В., & Коржаев, В. П. (1988). Вулканизм Западного Тянь-Шаня. Ташкент: Фан. 328 с.

[2] Малеев, Е. Ф. (1964). Вулканокластические горные породы. Москва: Госгеолтехиздат. 168 с.

[3] Далимов, Т. Н., Кустарникова, А. А., Ярмухамедов, А. Р., et al. (1971). Вулканогенные формации Узбекистана. Ташкент: Фан. 280 с.

[4] Коптев-Дворников, В. С., et al. (1967). Вулканогенные породы и методы их изучения. Москва: Недра. 324 с.

[5] Mamarozikov, U. D., Hamrayev, A. X., Saitov, N. E., Normatov, O‘. A., & Ikromov, O‘. O. (2025). Hisor tog‘ining janubi-g‘arbiy tarmoqlarida rivojlangan erta karbon davri vulkanogen hosilalarining aksessor-mineralogik ixtisoslashuvi. Geologiya va mineral resurslar, (5), 34–46.

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.