ARALASH IPLARDAN MOMIQ MATOLAR ISHLAB CHIQARISHDA QO‘LLANILADIGAN SUVDA ERUVCHAN KIMYOVIY IPLARNING TARKIBI, TUZILISHI VA XOSSALARI HAMDA INNOVATSION ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

Maqolaning Asosiy Qismi

Doniyorov, B.B.
Razzoqov, J.A.
https://orcid.org/0000-0003-0692-4354

Annotatsiya

Ushbu maqolada aralash iplardan momiq matolar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan suvda eruvchan kimyoviy iplarning tarkibi, tuzilishi va fizik-mexanik xossalari hamda mato ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyasi tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi paxta iplarini suvda eruvchan Mintval kimyoviy iplari bilan birlashtirish orqali kam eshilgan aralash iplar tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish va ularning momiq matolar sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholashdan iborat. Ishda RS56T6, RS38T6 va RS41T6 markali Mintval kimyoviy iplarining chiziqli zichligi, uzilishdagi mustahkamligi va nisbiy uzayishi tahlil qilingan. Tajriba natijalariga ko‘ra, mazkur kimyoviy iplarning nisbiy uzilish mustahkamligi 2,0–2,1 cN/dtex oralig‘ida ekanligi aniqlangan. Shuningdek, aralash iplarni tayyorlashning taklif etilgan texnologiyasi asosida olingan tanda iplarining kapillyarlik xossalari an’anaviy ishlab chiqarish namunasi bilan taqqoslangan. Kapillyarlik sinovlari natijasida 30 daqiqada taklif etilgan namunaning kapillyar ko‘tarilish balandligi 90 mm ni, korxona namunasida esa 51 mm ni tashkil etgan. Olingan natijalar paxta va suvda eruvchan kimyoviy iplarni birgalikda qo‘llash tanda iplarining namlikni shimish xususiyatlarini yaxshilash imkonini berishini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari momiq matolar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, mahsulot sifatini oshirish va yuqori kapillyarlik xususiyatlariga ega to‘qimachilik mahsulotlari assortimentini kengaytirishda amaliy ahamiyatga ega.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Yengil sanoat tarmoqlari

Muallif biografiyalari

Doniyorov, B.B., Jizzax politexnika instituti

Texnika fanlari nomzodi, dotsent, Jizzax politexnika instituti, Jizzax, O‘zbekiston

Razzoqov, J.A., Jizzax politexnika instituti

Assistent, Jizzax politexnika instituti, Jizzax, O‘zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Doniyorov, B. B., & Razzoqov, J. A. (2026). ARALASH IPLARDAN MOMIQ MATOLAR ISHLAB CHIQARISHDA QO‘LLANILADIGAN SUVDA ERUVCHAN KIMYOVIY IPLARNING TARKIBI, TUZILISHI VA XOSSALARI HAMDA INNOVATSION ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(3-1). https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.3-1.2026.25

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Ansari, I. A. (2023, October 4). Woven terry fabrics. Medium. https://medium.com/@imteyazahmadansari6665/woven-terry-fabrics-

[2] Dolimov, A. (2023). Optimization of the technological process of producing ring-spun fabrics using water-soluble yarns [Dissertation]. Namangan.

[3] Doniyorov, B., & Razzoqov, J. (2024, May 30). Modern technologies in the production of towel fabric [Manuscript]. Namangan.

[4] Jabborov, U. (2026). Optimization of technological indicators of twisted-yarn preparation for the warp [Dissertation]. Jizzakh.

[5] Kumar, S. (2023, November 30). Behind the seams: The manufacturing process of baby clothes. Organic and More.

[6] Tetik, G. D. (n.d.). The effect of the raising process on the handfeel properties of blankets. Uşak University, Faculty of Health Sciences, Department of Occupational Health and Safety.

[7] Tokens, E. (2023, March 27). Exploring the cozy world of different fluffy fabric types.

[8] Tissura. (n.d.). Tkan s vorsom. https://tissura.ru/articles/tkan-s-vorsom

[9] Doniyorova, M., Doniyorov, B., Shamiyev, D., & Sadikova, G. (2024). Design of environmental striped fabrics based on the assortment of possibilities of weaving machines. E3S Web of Conferences, 538, 04011. DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453804011

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.