DAUGIZTOV MA’DANLI MAYDONI OHAKTOSH VA KARASAY KONLARINING GEOKIMYOVIY IXTISOSLASHUVI

Maqolaning Asosiy Qismi

Hamrayev, A.X.
https://orcid.org/0009-0002-3342-9615

Annotatsiya

Maqolada Markaziy Qizilqum hududida joylashgan Daugiztov ma’danli maydonining Ohaktosh va Karasay konlari geologik-petrografik, mineralogik hamda geokimyoviy jihatdan kompleks o‘rganilgan. Tadqiqotlarda anshliflar bo‘yicha petrografik-mineralogik kuzatuvlar, ICP-MS va probir tahlillari natijalaridan foydalanilgan. Hududda uglerodli slaneslar, slaneslashgan alevrolitlar, karbonatli ohaktoshlar, kataklazitlar va oksidlanish zonasi jinslari ajratilgan. Ma’danli minerallar tarkibida pirit, arsenopirit, xalkopirit, galenit, sfalerit, antimonit va boshqa sulfidlar aniqlangan. Geokimyoviy tahlillar Au miqdorining 2,0–7,6 g/t gacha yetishini hamda yuqori oltin qiymatlari As va Sb miqdorlarining ortishi bilan birga kuzatilishini ko‘rsatgan. Au–As o‘rtasida sezilarli ijobiy korrelyatsiya aniqlangan. Ohaktosh konida ma’danli minerallar assotsiatsiyasining chuqurlik bo‘yicha almashinishi vertikal zonallanish mavjudligini ko‘rsatadi, oksidlanish zonasi esa 3–15 m chuqurlikkacha rivojlangan. Olingan natijalar hududdagi minerallashuvning gidrotermal-metasomatik, orogenetik tipga yaqin xususiyatga egaligini ko‘rsatib, Daugiztov ma’danli maydonining metallogenik salohiyatini baholash va chuqur gorizontlarda qidiruv ishlarini rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Geologiya va neft-gaz sanoati

Muallif biografiyasi

Hamrayev, A.X., X.M.Аbdullaev nomidagi "Geologiya va geofizika instituti"

Geologiya-mineralogiya fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim, H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Toshkent

Iqtibos keltirish tartibi

Hamrayev, A. X. (2026). DAUGIZTOV MA’DANLI MAYDONI OHAKTOSH VA KARASAY KONLARINING GEOKIMYOVIY IXTISOSLASHUVI. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(3-1). https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.3-1.2026.17

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Hamrayev, A. X. (2025). Karasay ma’danli maydonining (Daugiztov tog‘lari) geologik, petrografik va mineralogik xususiyatlari. O‘zMU xabarlari. Tabiiy fanlar turkumi, 2025(3/2/1), 373–375. DOI: https://doi.org/10.69617/nuuz.v3i3.2.1.10152

[2] Hikmatov, S. I., Astanaev, X. X., & Hamrayev, A. X. (2025). Daugiztov ma’danli maydoni Ohaktosh konining geologik, petrografik va mineralogik xususiyatlari. In Geologiya, petrologiya va metallogeniyaning fundamental va amaliy muammolari (akademik I. H. Hamraboyevning 105 yilligi va akademik F. A. Usmonovning 90 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari) (pp. 352–355).

[3] Бендик, А. Т. (1969). Кварц-пирит-арсенопирит-золоторудная формация. Геологическая позиция и условия формирования Мурунтауского рудного поля. In Рудные формации и основные черты металлогении золота Узбекистана. Фан.

[4] Шаякубов, Т. Ш., & Далимов, Т. Н. (Ред.). (1998). Геология и полезные ископаемые Республики Узбекистан. Университет.

[5] Голованов, И. М. (Ред.). (2001). Рудные месторождения Узбекистана. ГИДРОИНГЕО.

[6] Хамрабаев, И. Х. (1958). Магматизм и постмагматические процессы в Западном Узбекистане. Издательство АН УзССР.

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.