FARG‘ONA BOTIQLIGI JANUBIY QIRG‘OG‘INING SHARQIY QISMIDAGI BO‘R DAVRI YOTQIZIQLARINING GEOLOGIK VA STRUKTURAVIY-TEKTONIK TUZILISH XUSUSIYATLARI

Maqolaning Asosiy Qismi

Majidov, E.K.

Annotatsiya

Ushbu maqolada Farg‘ona botiqligi janubiy qirg‘og‘ining sharqiy qismida joylashgan bo‘r davri yotqiziqlarining geologik va strukturaviy-tektonik tuzilish xususiyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi uch o‘lchamli UCHNU–3D seysmikqidiruv ma’lumotlari va mavjud burg‘ilash materiallarini kompleks tahlil qilish asosida bo‘r davri yotqiziqlarining strukturaviy tuzilishini aniqlashtirish hamda yangi neft-gazga istiqbolli obyektlarni ajratishdan iborat. Ishda Ustritsa svitasining XVI gorizonti bo‘yicha tuzilgan strukturaviy xaritalar tahlil qilinib, Chimiyon–Xonqiz, Avval–Karmako‘l, Andijon–Polvontosh va Xartum lokal zonalarining geologik xususiyatlari baholangan. Tadqiqot davomida antiklinal va gemiantiklinal tuzilmalar, tektonik ekranlangan bloklar, diz’yunktiv buzilishlar hamda ularning uglevodorod uyumlarining shakllanishi va saqlanishiga ta’siri o‘rganilgan. Natijalar bo‘r davri yotqiziqlarining strukturaviy-tektonik tuzilishi asosan uzilma-blokli va burmali-blokli xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatgan. Uglevodorod uyumlarining joylashishi litologik-fatsial o‘zgarishlar, strukturaviy yopilishlar va tektonik buzilishlarning o‘zaro ta’siri bilan bog‘liqligi aniqlangan. Oybuloq, Quyi Chimiyon, Zilol va Yangi Avval tuzilmalari keyingi geologiya-qidiruv ishlari uchun istiqbolli obyektlar sifatida ajratilgan. Olingan natijalar Farg‘ona botiqligida neft va gaz uyumlarini izlash yo‘nalishlarini asoslash hamda geologik xavflarni hisobga olgan holda qidiruv obyektlarini saralashda amaliy ahamiyatga ega.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Geologiya va neft-gaz sanoati

Muallif biografiyasi

Majidov, E.K., «Oʻzbekgeofizika» AJ

“O‘zbekgeofizika” AJ 3D otryadi boshlig‘i, Toshkent, O‘zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Majidov, E. K. oʻgʻli. (2026). FARG‘ONA BOTIQLIGI JANUBIY QIRG‘OG‘INING SHARQIY QISMIDAGI BO‘R DAVRI YOTQIZIQLARINING GEOLOGIK VA STRUKTURAVIY-TEKTONIK TUZILISH XUSUSIYATLARI. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(4). https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.4.2026.2

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Abdullayev, G. S., Pedder, Yu. G., & Gadoyev, A. I. (2011). Fargʻona botiqligi Janubiy pogʻonasi paleogen yotqiziqlarida tektonik ekranlangan obʼyektlarni 3D seysmikqidiruv usulida aniqlash va chuqur burgʻilashga tayyorlash metodikasiga doir. Oʻzbekiston neft va gaz jurnali, (3), 10–12.

[2] Abdullayev, G. S., Pedder, Yu. G., & Gadoyev, A. I. (2012). Qizil-Archa-Avval koʻtarilmasining tektonik va stratigrafik ekranlangan uglevodorod uyumlarini aniqlash istiqbollari. Oʻzbekiston neft va gaz jurnali, (3), 23–26.

[3] Abidov, A. A., Kalomazov, R. U., Pedder, Yu. G., Pshenichnaya, Z. D., Yurtayev, Yu. S., Xodjimatov, A. X., Rashidov, A. X., & Starokojev, B. A. (1992). Fargʻona botiqligining tektonik rayonlashtirilishining yangi sxemasi. Oʻzbekiston neft va gaz jurnali, (11), 11–15.

[4] Anvarov, O. U. O., Kamata, Y., Maruoka, T., Kuroda, J., Wakaki, S., & Hisada, K. (2022). Paleogene lithostratigraphy and recognition of the marine incursion of the proto-Paratethys Sea in the Fergana Basin, Uzbekistan. Geosciences, 12(5), Article 203. https://doi.org/10.3390/geosciences12050203 DOI: https://doi.org/10.3390/geosciences12050203

[5] Babadjanova, N. N. (1993). Fargʻona togʻlararo botiqligining janubida neft va gazning litologik-stratigrafik hamda tektonik ekranlangan tutqichlarini izlashda seysmikqidiruv usulidan foydalanish. Oʻzbekiston geologiya jurnali, (5), 70–74.

[6] Majidov, E. K. (2015). Fargʻona botiqligi janubiy-sharqiy qismidagi boʻr davri yotqiziqlarining neftgazlilik istiqbollari va oʻrganilganlik holati. In Oʻzbekistonda neft va gaz geologiyasi fani va uning muammolarini hal etishda yoshlarning roli: Ilmiy konferensiya materiallari toʻplami (pp. 56–59). NvaGKGhamdaQI DM.

[7] Majidov, E. K. (2019). Fargʻona botiqligida boʻr yotqiziqlarini seysmikqidiruv orqali oʻrganish. Geologiya va mineral resurslar, (4), 69–71.

[8] Majidov, E. K. (2026). Stratification of reflecting horizons in the Cretaceous deposits of Southern Fergana based on 3D CDP seismic and VSP data. International Journal of Geology, Earth & Environmental Sciences, 16, 126–130. https://www.cibtech.org/J-GEOLOGY-EARTH-ENVIRONMENT/PUBLICATIONS/2026/JGEE-14-Erkinjon-STRATIFICATION-DATA.pdf

[9] Umurzakov, R. A., & Rabbimkulov, S. A. (2022). Possibilities of mapping neotectonic elements based on the interpretation of space images: A study of Fergana Depression. Geodesy and Geodynamics, 13(6), 602–608. https://doi.org/10.1016/j.geog.2022.06.003 DOI: https://doi.org/10.1016/j.geog.2022.06.003

[10] Urmonov, A. X. (1988). Uglevodorodlarning nonantiklinal tutqichlarini aniqlash maqsadida Janubi-Sharqiy Fargʻonadagi stratigrafik nomosliklarni xaritalashda seysmorazvedka imkoniyatlari. In Markaziy Osiyoning Sharq qismi neftgazli hududlarida istiqbolli obʼyektlarni bashoratlash: Ilmiy ishlar toʻplami (pp. 70–74). VNIIOENG.