SPORTCHILAR ORASIDA JAROHATLAR VA KASBIY KASALLIKLARNI RAQAMLI MONITORING QILISHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Maqolaning Asosiy Qismi

Sulaymanov, S.S.
Narziyev, S.M.

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot jismoniy tarbiya va sport sohasida sportchilarning shikastlanishi hamda kasb kasalliklarini oldini olish, aniqlash, hisobga olish va boshqarish masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada jahon va O‘zbekiston miqyosidagi statistik ma’lumotlar tahlil qilinib, sportning ommalashuvi bilan jarohatlanish xavfi, davolash xarajatlari va samarali profilaktikaga ehtiyoj ortayotgani asoslangan. Sport inshootlari, sport bilan shug‘ullanuvchilar soni, turli sport yo‘nalishlaridagi jarohatlar chastotasi va og‘irligi bo‘yicha ko‘rsatkichlar umumlashtirilgan. Ayniqsa, tayanch-harakat apparati patologiyalari, tizza, tovon-boldir, umurtqa, yelka va tirsak bo‘g‘imlarining shikastlanish holatlari, o‘tkir jarohatlar hamda surunkali kasalliklarning o‘zaro nisbati yoritilgan. Tadqiqotda noto‘g‘ri yuklama, yetarli bo‘lmagan jismoniy va ruhiy tayyorgarlik, ehtiyotsiz harakatlar, sportchining yoshi, malakasi va anatomik-funksional xususiyatlari asosiy xavf omillari sifatida ko‘rsatilgan. Mavjud ma’lumotlarning tarqoq holda saqlanishi jarohatlarni prognozlash, individual kuzatuv va profilaktik strategiyalarni ishlab chiqishni qiyinlashtirishi aniqlangan. Raqamli monitoring tizimlari baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari haqidagi ma’lumotlarni yagona bazada jamlash orqali hodisalarni tezkor qayd etish, ularning sabablarini chuqur tahlil qilish, ko‘rilayotgan choralarning ijrosini nazorat qilish, sportchilar salomatligini uzluksiz kuzatish hamda murabbiylar uchun profilaktik tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari sport tashkilotlarida mehnat muhofazasi boshqaruvini takomillashtirish, mashg‘ulot yuklamalarini maqbullashtirish, jarohatlar xavfini kamaytirish hamda sportchilarning sog‘lig‘i va faoliyat xavfsizligini tizimli ravishda ta’minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Ekologiya, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi

Muallif biografiyalari

Sulaymanov, S.S., Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti

Texnika fanlari doktori, professor, Toshkent davlat transport universiteti “Texnosfera xavfsizligi” kafedrasi professori, Toshkent, O‘zbekiston

Narziyev, S.M., Renaissance University

Texnika fanlari doktori, professor, Renessans universiteti “Muhandislik va dizayin” departamenti professori, Toshkent, O‘zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Sulaymanov, S. S., & Narziyev, S. M. (2026). SPORTCHILAR ORASIDA JAROHATLAR VA KASBIY KASALLIKLARNI RAQAMLI MONITORING QILISHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(3-1). https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.3-1.2026.28

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Андреева, В. С., & Миронова, С. П. (2016). Информационные технологии в сфере физической культуры и спорта. В Физическая культура, спорт и здоровье студенческой молодежи в современных условиях: Проблемы и перспективы развития: Материалы региональной студенческой научно-практической конференции (с. 10–15). Российский государственный профессионально-педагогический университет.

[2] Башкиров, В. Ф. (1989). Причины травм и их профилактика. Теория и практика физической культуры, (9), 33–35.

[3] Гриншкун, В. В., & Григорьев, С. Г. (2006). Образовательные электронные издания и ресурсы: Учебно-методическое пособие для студентов педагогических вузов и слушателей системы повышения квалификации работников образования. Курский государственный университет; Московский городской педагогический университет.

[4] Гурьев, С. В. (2005). Компьютер и физическое воспитание: Учебное пособие. Издательство Российского государственного профессионально-педагогического университета.

[5] Гурьев, С. В. (2014). Современные информационные технологии в физической культуре и спорте: Монография. Издательство Российского государственного профессионально-педагогического университета.

[6] Петров, П. К. (2008). Информационные технологии в физической культуре и спорте: Учебное пособие. Издательский центр «Академия».

[7] Статистика спортивных травм. (б. д.). Sportmedicine.ru. https://www.sportmedicine.ru/

[8] Latibov, S. M., & Narziyev, S. M. (2024). Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida mehnat muhofazasini boshqaruv tizimini samaradorligining matematik modeli. Sanoatda raqamli texnologiyalar, 2(4–1), 151–156. https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.2.4-1.2024.2 DOI: https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.2.4-1.2024.2

[9] Narziyev, S. M. (2024). Sportda mehnat muhofazasini taʼminlashning sanitar-gigiyenik chora-tadbirlari. Sanoatda raqamli texnologiyalar, 2(3), 197–202. https://doi.org/10.5281/zenodo.13781556

[10] Orchard, J. W. (2023). Pay attention to the evidence: In the longer term, intraarticular corticosteroid injections offer only harm for knee osteoarthritis. Osteoarthritis and Cartilage, 31(2), 142–143. https://doi.org/10.1016/j.joca.2022.10.012 DOI: https://doi.org/10.1016/j.joca.2022.10.012

[11] O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi. (2010, 23-dekabr). Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (202-B-sonli buyruq, roʻyxat raqami 2184). Lex.uz. Normativ-huquqiy hujjat

[12] Sulaymanov, S. S., Narziyev, S. M., & Latibov, S. M. (2024). Jismoniy tarbiya va sportda jarohatlanishlarning iqtisodiy zararni aniqlash uslubi. Sanoatda raqamli texnologiyalar, 2(4–1), 157–161. https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.2.4-1.2024.3 DOI: https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.2.4-1.2024.3

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.