KON LAHIMLARINI MUSTAHKAMLASHNING NAZARIY VA AMALIY YONDASHUVLARI: XALQARO TAJRIBA VA QIYOSIY-TAHLILIY BAHOLASH

Maqolaning Asosiy Qismi

Toshtemirov, U.T.
https://orcid.org/0000-0002-0057-4149

Annotatsiya

Mazkur maqolada yer osti kon lahimlarining turg‘unligini ta’minlash va ularni mustahkamlash bo‘yicha shakllangan xalqaro ilmiy maktablarning nazariy yondashuvlari, hisoblash usullari hamda zamonaviy texnologik yechimlari qiyosiy-tanqidiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi turli kon-geologik va geomexanik sharoitlarda qo‘llaniladigan mustahkamlash tizimlarining afzalliklari, cheklovlari va samaradorligini baholash hamda ularni O‘zbekistonning chuqur yer osti konlari sharoitiga moslashtirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda MDH va Markaziy Osiyo, Yevropa, Shimoliy Amerika, Janubiy Afrika hamda Avstraliya ilmiy maktablarining kon bosimi nazariyalari, massiv–mustahkamlagich o‘zaro ta’siri, deformatsiyaga moslashuvchan va energiya yutuvchi mustahkamlash konsepsiyalari qiyosiy o‘rganilgan. Guzaksoy va Pirmirob konlarining muhandislik-geologik ko‘rsatkichlari asosida tog‘ jinslari massivining kuchlanganlik-deformatsiyalanish holati tahlil qilinib, Pirmirob koni sharoitlari uchun RS2 va FLAC dasturiy komplekslarida bajarilgan sonli modellashtirish natijalari ko‘rib chiqilgan. Tahlil natijalari lahim shipi va tag qismida kuchlanishlar konsentratsiyasi hamda plastik deformatsiya zonalari shakllanishini ko‘rsatgan. Shuningdek, ankerli, romli, torkret-betonli, moslashuvchan va kombinatsiyalangan mustahkamlash tizimlarining ishlash mexanizmlari, yuk ko‘tarish qobiliyati va deformatsiyaga moslashuvchanligi baholangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, murakkab geomexanik sharoitlarda mustahkamlash vositalarini tanlashda tog‘ jinslarining yoriqliligi, tabiiy kuchlanishlar, suvlanish darajasi va dinamik yuklamalarni kompleks hisobga olish zarurligi asoslangan. Olingan xulosalar kon lahimlarining turg‘unligini oshirish hamda mustahkamlash tizimlarini ilmiy asoslangan holda loyihalashda amaliy ahamiyatga ega.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Kon-metallurgiya va ishlab chiqarish sanoati

Muallif biografiyasi

Toshtemirov, U.T., Olmaliq davlat texnika instituti

Olmaliq davlat texnika instituti “Konchilik ishi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Olmaliq, O‘zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Toshtemirov, U. T. (2026). KON LAHIMLARINI MUSTAHKAMLASHNING NAZARIY VA AMALIY YONDASHUVLARI: XALQARO TAJRIBA VA QIYOSIY-TAHLILIY BAHOLASH. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(4). https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.4.2026.5

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Hoek, E., & Wood, D. F. (1987). Support in underground hard rock mines. In J. Udd (Ed.), Underground support systems (CIM Special Volume 35).

[2] Rabcewicz, L. V. (1964–1965). The New Austrian Tunnelling Method. Water Power, November 1964, 453–457; December 1964, 511–515; January 1965, 19–24.

[3] Carranza-Torres, C., & Fairhurst, C. (2000). Application of the convergence-confinement method of tunnel design to rock masses that satisfy the Hoek–Brown failure criterion. Tunnelling and Underground Space Technology, 15(2), 187–213. DOI: https://doi.org/10.1016/S0886-7798(00)00046-8

[4] Bieniawski, Z. T. (1973). Engineering classification of jointed rock masses. The Civil Engineer in South Africa, 15(12), 335–344.

[5] Hoek, E., Kaiser, P. K., & Bawden, W. F. (1995). Support of underground excavations in hard rock. A. A. Balkema.

[6] Potvin, Y., & Hadjigeorgiou, J. (2020). Ground support for underground mines. Australian Centre for Geomechanics.

[7] Toshtemirov, U. T., Qosimov, M. O., Yormatov, O. S., & Bo‘riyev, F. M. (2026). Kon lahimlarining suvlanganligini aniqlash va uning turg‘unligiga ta’sirini baholash. Sanoatda raqamli texnologiyalar, 4(3), 189–194. https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.3.2026.34 DOI: https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.3.2026.34

[8] Li, C. C. (2010). A new energy-absorbing bolt for rock support in high stress rock masses. International Journal of Rock Mechanics and Mining Sciences, 47(3), 396–404. DOI: https://doi.org/10.1016/j.ijrmms.2010.01.005

[9] Omonullayev, A. F., Mahmadaminov, K. M., & Toshtemirov, U. T. (2026). Ankerlardan foydalangan holda yer osti konlarini mustahkamlash uchun Harford dinamik boltidan foydalanish. Academicus Journal of Research, 1(2), 13–20. https://researchiapress.com/index.php/4/article/view/36

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari