Sanoatda raqamli texnologiyalar

Nashr xizmatlari uchun to'lov

Hurmatli muallif! Jurnalda maqola nashr ettirish uchun to'lovlar xalqaro ilmiy nashrlar standartlari asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

2026-yil 4(4)-son va undan keyingi sonlar uchun nashr narxi

Quyidagi tarif 2026-yil 4(4)-sondan boshlab keyingi sonlar uchun amal qiladi. U maqolani nashrga tayyorlash va Milliy Antiplagiat orqali ichki tekshiruvni o‘z ichiga oladi.

Maqolani nashrga tayyorlash
342 000 so‘m
Milliy Antiplagiat orqali ichki tekshiruv
48 000 so‘m
Jami nashr narxi (8 sahifagacha)
390 000 so‘m
9-sahifadan boshlab har bir qo‘shimcha sahifa (8%)
31 200 so‘m
Ixtiyoriy tahrirlash (har sahifa uchun)
27 000 so‘m

Barcha xizmat tariflari bazaviy hisoblash miqdoriga (BHM) bog‘langan. Hisoblash bazasi: BHM — 412 000 so‘m; nashrga tayyorlash — 320 000 so‘m; ichki tekshiruv — 45 000 so‘m; ixtiyoriy tahrirlash — har sahifa uchun 25 000 so‘m. Ushbu uch xizmatning har biri bazaviy narx × amaldagi BHM ÷ 412 000 formulasi bilan hisoblanib, eng yaqin 1 000 so‘mgacha yaxlitlanadi (teng oraliqda yuqoriga). Jami nashr narxi tayyorlash va tekshiruvning yaxlitlangan narxlari yig‘indisidir. Har bir qo‘shimcha sahifa jami narxning 8 foiziga teng bo‘lib, ming so‘mgacha qayta yaxlitlanmaydi. BHM o‘zgarganda narxlar avval yaxlitlangan tariflardan emas, shu dastlabki bazaviy narxlardan qayta hisoblanadi.

BHM 440 000 so‘m bo‘lganda: tayyorlash 342 000 so‘m + ichki tekshiruv 48 000 so‘m = 390 000 so‘m; ixtiyoriy tahrirlash — 27 000 so‘m/sahifa; har bir qo‘shimcha sahifa — 31 200 so‘m. Ixtiyoriy tahrirlash faqat ushbu xizmat so‘ralganda alohida hisoblanadi va jami nashr narxiga kirmaydi.

Avvalgi tarif: 2026-yil 4(3)-son

2026-yil 4(3)-son uchun quyidagi xizmat narxlari amal qiladi:

Maqolani nashrga tayyorlash
320 000 so'm
Milliy Antiplagiat Platformasi orqali ichki tekshiruv
45 000 so'm
Jami (8 sahifagacha)
365 000 so'm

Qo'shimcha sahifalar

Asosiy xizmat narxi 8 sahifagacha bo‘lgan maqolalar uchun amal qiladi. 9-sahifadan boshlab har bir qo‘shimcha sahifa narxi tegishli nashr tarifining 8 foizini tashkil etadi: BHM 440 000 so‘m bo‘lganda, 2026-yil 4(4)-son va undan keyingi sonlar uchun 31 200 so‘m, 2026-yil 4(3)-son uchun esa 29 200 so‘m.

Tahrirlash xizmati (ixtiyoriy)

Ilmiy, texnik va uslubiy tahrirlash, rasm-jadvallarni standartlashtirish, adabiyotlar ro'yxatini xalqaro uslubga moslashtirish xizmatlari ham ko'rsatiladi.

27 000 so‘m / sahifa — BHM 440 000 so‘m bo‘lganda, 2026-yil 4(4)-son va undan keyingi sonlar uchun

BHMga bog‘liq hisoblash: 25 000 × 440 000 ÷ 412 000 = 26 699,03 so‘m; yaxlitlangan narx — 27 000 so‘m. 2026-yil 4(3)-son uchun avvalgi tahrirlash narxi — har sahifa uchun 25 000 so‘m — saqlanadi.

Milliy Antiplagiat Platformasi orqali tekshiruv

Har bir maqola nashr jarayonidan oldin majburiy ravishda tekshiriladi: akademik o'xshashlik darajasi, plagiat holatlari, sun'iy intellekt (SI) yordamida yaratilgan matn ehtimoli va ilmiy yozuv standartlariga muvofiqlik.

Ichki tekshiruvdan muvaffaqiyatli o'tgan maqolalargina keyingi bosqichga, taqriz (Peer Review), ilmiy ekspertiza va tahririyat hay'ati ko'rib chiqishiga o'tkaziladi.

Rad etilgan maqolalar

Quyidagi hollarda maqola nashr uchun qabul qilinmaydi: plagiat aniqlansa, akademik halollik talablari buzilgan bo'lsa, sun'iy intellektdan me'yorlarga zid foydalanilgan bo'lsa, jurnal talablariga mos kelmasa.

Bunday hollarda nashr xizmati bo'yicha to'lov undirilmaydi.

Muhim ma'lumot: BHM o'zgarishi

2026-yil 1-sentabrdan BHM
440 000 so'm
2026-yil 4(4)-sondan nashr narxi
390 000 so‘m
Amaldagi BHMga nisbati (taxminan)
88,64%

2026-yil 1-sentabrdan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 440 000 so‘m etib belgilangan. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-iyundagi PF-115-son Farmoni, 3-band «b» kichik bandining «ii» xatboshisi. Rasmiy manba: Lex.uz.

8 sahifagacha bo‘lgan maqolani nashr qilishning jami narxi BHM 440 000 so‘m bo‘lganda, 2026-yil 4(4)-son va undan keyingi sonlar uchun 390 000 so‘m. 2026-yil 4(3)-son uchun avvalgi 365 000 so‘mlik jami tarif saqlanadi. Bu jurnal tomonidan BHM nisbatiga ko‘ra qayta hisoblanib, yuqorida ko‘rsatilgan tartibda yaxlitlangan tarifdir; Farmon jurnalning nashr narxini emas, BHMni belgilaydi.

To'lov rekvizitlari

To'lov faqat tahririyat tomonidan maqola dastlabki texnik tekshiruvdan o'tkazilgandan so'ng amalga oshiriladi. Bank o'tkazmasi orqali to'lov quyidagi rekvizitlar asosida amalga oshiriladi:

Tashkilot: "RUM PUBLISHING GROUP" MCHJ
Hisob raqami: 2020 8000 4074 2923 2001
MFO: 01037
INN: 312893995
OKED: 58140
QQS: 0%
IKPU: 10301007001000000
O'lchov birligi: 1500503
Chek turi: Debet
Ro'yxatdan o'tish uchun telefon: +998 90 673 64 33

To'lov kvitansiyasini yuborish

Agar to'lov yuqoridagi rekvizitlar orqali (bank o'tkazmasi bilan) amalga oshirilgan bo'lsa, to'lov kvitansiyasini (chekni) quyidagi bot orqali yuborishingiz so'raladi:

Kvitansiyani yuborish
Bot: @kmurojaat_livebot — Virtual yordamchi
Akademik halollik, ilmiy sifat va xalqaro standartlarga mos nashr faoliyatini rivojlantirish yo'lidagi hamkorligingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.