AYTIM MA’DANLI MAYDONI OLTIN MA’DANLARINING MINERALOGIK-PETROGRAFIK XUSUSIYATLARI VA MODDIY TARKIBI

Maqolaning Asosiy Qismi

Abdullayev, L.A.
https://orcid.org/0009-0008-2805-5798
Movlanov, J.J.
https://orcid.org/0000-0001-8850-1157
Rahmatullayev, I.F.
https://orcid.org/0009-0006-1306-0442

Annotatsiya

Maqolada Aytim ma’danli maydonining ma’dan qamrovchi tog‘ jinslari petrografiyasi, gidrotermal-metasomatik o‘zgarishlari, oltin va sulfid mineralizatsiyasining moddiy tarkibi hamda mineral assotsiatsiyalari kompleks o‘rganilgan. Tadqiqotlar 48 ta shaffof shlifni polyarizatsion mikroskopda, ma’dan namunalaridan tayyorlangan anshliflarni mineragrafik usulda o‘rganish va 133 ta elektron-mikrozond aniqlash natijalarini tahlil qilish asosida olib borilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, maydonda Koksoy svitasining tufogen-terrigen metamorflashgan jinslari, seritsit-xloritli va uglerodli slaneslar, karbonat jinslar, kvars-karbonatli brekchiyalar hamda intensiv o‘zgargan granit-porfirlar keng tarqalgan. Seritsitlanish, xloritlanish, kvarslanish va karbonatlanish asosiy gidrotermal-metasomatik jarayonlar sifatida aniqlangan. Oltin asosan 0,0048–0,024 mm o‘lchamdagi nozik dispers ajralmalar ko‘rinishida uchrashi va sfalerit donalari chekkasi, mayda kvars tomirchalari hamda uglerodli modda bilan fazoviy bog‘liqligi aniqlangan. Pirit-arsenopirit assotsiatsiyasi erta sulfid bosqichini, xalkopirit-sfalerit-galenit-shternbergit-stefanit majmuasi esa kechki oltin-polisulfid bosqichini ifodalaydi. Olingan natijalar Aytim ma’danli maydonida oltin ma’danlashuvini prognozlash va keyingi qidiruv-baholash ishlarini yo‘naltirish uchun kompleks litologik, strukturaviy va mineralogik mezonlarni asoslash imkonini beradi.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Geologiya va neft-gaz sanoati

Muallif biografiyalari

Abdullayev, L.A., X.M.Аbdullaev nomidagi "Geologiya va geofizika instituti"

Kichik ilmiy xodim, H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Toshkent, O‘zbekiston

Movlanov, J.J., Geoinnovatsion texnologiyalar markazi

Direktor, Geoinnovatsion texnologiyalar markazi, Toshkent, O‘zbekiston

Rahmatullayev, I.F., X.M.Аbdullaev nomidagi "Geologiya va geofizika instituti"

Muhandis geolog, H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Toshkent, O‘zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Abdullayev, L. A., Movlanov, J. J., & Rahmatullayev, I. F. (2026). AYTIM MA’DANLI MAYDONI OLTIN MA’DANLARINING MINERALOGIK-PETROGRAFIK XUSUSIYATLARI VA MODDIY TARKIBI. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(3-1). https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.3-1.2026.8

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Хайдаров, З. Х., Рахимов, Б. З., Авазов, Р. Р., & Мирусманов, М. А. (2017). Поисковые предпосылки и признаки золотого оруденения месторождения Айтым (горы Букантау). Молодой ученый, (16), 209–213.

[2] Мовланов, Ж. Ж., Каршиев, А. Б., & Абдуллаев, Л. А. (2021). Минералогические особенности углеродсодержащих толщ перспективной площади Айтым (Узбекистан). В Шунгитовые породы Карелии: геология, строение, инновационные материалы и технологии «Шунгит-2020-2021»: материалы конференции с международным участием (с. 37–40). КарНЦ РАН.

[3] Сайитов, С. С., Цой, В. Д., & Алимов, Ш. П. (2017). Рениеносность углеродсодержащих пород месторождения Айтым (Центральные Кызылкумы). Геология и минеральные ресурсы, (3), 13–18.

[4] Цой, В. Д., Королева, И. В., Алимов, Ш. П., Расулова, А. В., Сайитов, С. С., & Силаев, В. И. (2016). Минералого-геохимические особенности углеродсодержащих толщ Западного Узбекистана. В Интеграция науки и практики как механизм эффективного развития геологической отрасли Республики Узбекистан: материалы Международной научно-технической конференции (с. 179–184). ГП «НИИМР».

[5] Абдуазимова, З. М., Миркамалов, Р. Х., Цой, В. Д., и др. (2012). Изучение рудоносности древних толщ Западного Узбекистана за 2008–2012 гг.: в 5 книгах. Фонды ГП «ИМР».

[6] Пирназаров, М. М. (2017). Золото Узбекистана: рудно-формационные типы, прогнозно-поисковые модели и комплексы. ГП «ИМР».

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.