KALIYLI KONLARDA QAZIB OLISH CHUQURLIGI ORTISHI BILAN SILVINIT RUDASINI QAZIB OLISH TIZIMIDAGI PARAMETRLARNI GEOMEXANIK MOSLASHTIRISH VA NAZARIY ASOSLASH
Maqolaning Asosiy Qismi
Annotatsiya
Ushbu maqolada kaliyli konlarda qazib olish chuqurligi ortib borishi sharoitida silvinit rudalarini kamerali qazib olish tizimi parametrlarini geomexanik moslashtirish va nazariy asoslash masalalari Tyubegatan kaliy tuzlari koni misolida tadqiq etilgan. Sanoat qatlamlari va ularni o‘rab turgan tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalari, tabiiy va texnogen kuchlanishlar, tektonik omillar, qatlamlarning yotish chuqurligi va qalinligi hamda yaqin joylashgan qatlamlarni qazib olishning o‘zaro ta’siri baholangan. “PRESS 3D URAL” dasturiy majmuasi yordamida tog‘-kon ishlari rivojlanishining turli sxemalari uchun kuchlanishlar konsentratsiyasi tahlil qilingan. Qazib olish chuqurligi 500–1000 m oralig‘ida o‘zgarganda kameralararo seliklarning barqarorligini ta’minlovchi parametrlar geomexanik jihatdan asoslangan. Amaldagi Galurgiya instituti uslubiyati va taklif etilayotgan hisoblash usuli bo‘yicha olingan natijalar qiyosiy tahlil qilinib, kameralararo seliklarning minimal ruxsat etilgan kengliklari aniqlangan. Taklif etilgan yondashuv seliklarning 50 yillik me’yoriy xizmat muddatini ta’minlagan holda kameralararo seliklarda qoldiriladigan ruda nobudgarchiligini 15–20% ga kamaytirish imkonini berishi aniqlangan. Olingan natijalar katta chuqurliklarda kaliy rudalarini xavfsiz va samarali qazib olish parametrlarini optimallashtirish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yuklab olishlar
Maqola Tafsilotlari
Bo‘lim

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Ommaviy Litsenziya Shartlari
(Ochiq jurnal tizimlari (OJS) uchun)
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq quyidagi shartlar taqdim etiladi:
-
Mualliflik huquqi:
Chop etilgan maqolaning mualliflik huquqi muallif(lar)ga tegishli bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, maqola OJS platformasida chop etilgandan so‘ng, uning kontenti Creative Commons (CC BY) litsenziyasi asosida tarqatiladi. -
Litsenziya turi:
Ushbu maqola Creative Commons Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) litsenziyasi asosida tarqatiladi. Bu shuni anglatadiki, foydalanuvchilar ushbu maqolani quyidagi shartlarda qayta ishlatishlari, bo‘lishishlari va qayta ishlashlari mumkin:- Nusxa ko‘chirish va tarqatish: Maqola matni yoki uning qismlari nusxasi erkin tarqatilishi mumkin.
- Iqtibos keltirish va tahlil qilish: Maqoladan qismlar iqtibos sifatida foydalanilishi mumkin.
- Erkin foydalanish: Tadqiqot va o‘quv jarayonlari uchun maqoladan erkin foydalanish huquqi mavjud.
- Muallifga havola qilish: Foydalanuvchilar maqola muallifini to‘g‘ri ko‘rsatishi va asl manbaga havola berishi lozim.
-
Kommersiyaviy foydalanish:
Ushbu maqoladan tijorat maqsadlarida foydalanishga ruxsat beriladi, ammo mualliflik va manbaga havola majburiy hisoblanadi. -
Hujjatni o‘zgartirish:
Maqolaning matni yoki mazmunini o‘zgartirish, uni qayta ishlash mumkin, lekin har qanday o‘zgarishlar mualliflikka salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. -
Mas’uliyat cheklovi:
Muallif(lar) maqola tarkibidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga javobgar bo‘lib, platforma tahririyati mazkur ma’lumotlardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan har qanday zarar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. -
Ommaviy foydalanish majburiyatlari:
Ushbu maqola mazmuni faqat qonuniy va axloqiy talablar asosida ishlatilishi kerak. Noqonuniy foydalanish qat’iyan man etiladi.
Izoh:
Mazkur litsenziya shartlari mualliflar va foydalanuvchilar o‘rtasida ochiq va shaffof foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. Bu shartlarni qabul qilish orqali, siz maqola mazmunini Creative Commons litsenziyasiga muvofiq qayta ishlash va tarqatishga rozilik bildirasiz.
Havola: Creative Commons Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
Iqtibos keltirish tartibi
Adabiyotlar ro‘yxati
[1] Misliboev, I. T., & Umarov, F. Y. (2020). Yer osti kon ishlari texnologiyasi. Yoshlar nashriyot uyi.
[2] Sagatov, N. X. (2013). Qatlamli konlarni yer osti usulida qazib olish. Faylasuflar nashriyoti.
[3] Агошков, М. И., и др. (1965). Новая технология и системы подземной разработки рудных месторождений. Наука.
[4] Агошков, М. И., Борисов, С. С., & Боярский, В. А. (1983). Разработка рудных и нерудных месторождений. Недра.
[5] Именитов, В. Р. (1973). Технология, механизация и организация производственных процессов при подземной разработке рудных месторождений. Недра.
[6] Karimov, Y. L., Latipov, Z. Y., Xo‘jaqulov, A. M., & Boyburodov, N. A. (2023). Kaliy rudalarini qazib olish va qayta ishlash. Qarshi.
[7] Raximov, V. R., & Ubaydullayev, N. U. (2009). Shaxta va rudniklarni loyihalash asoslari. Toshkent.
[8] Калийные соли Беларуси: состояние, освоение месторождений, перспективы развития, проблемы. (1999). Материалы международной научно-практической конференции. БелНИГИ.
[9] ООО «ЗУМК-Инжиниринг». (2008). Горнодобывающий комплекс Дехканабадского завода калийных удобрений на базе Тюбегатанского месторождения калийных солей: Том 3. Горно-механическая часть. Книга 4. Проект горного отвода. Пояснительная записка и чертежи (12.171-ПЗ-ГО). Пермь.
[10] ОАО «Галургия». (2008). Проект: Горно-добывающий комплекс Дехканабадского завода калийных удобрений. Том 3. Технология горных работ. Пермь.