Mualliflar uchun ma'lumotlar

Ushbu jurnalda maqola yuborishga qiziqasizmi? Biz sizga jurnalning Jurnal haqida sahifasida bo'lim siyosatlarini, shuningdek, Mualliflar uchun ko'rsatmalarni ko'rib chiqishni tavsiya qilamiz. Mualliflar maqola yuborishdan oldin jurnalga ro'yxatdan o'tishlari kerak yoki agar ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, tizimga kirib besh bosqichli jarayonni boshlashlari mumkin.

MAQOLALARGA QOʻYILGAN TALABLAR

 Maqolaning standart hajmi: 4-15 betli matn Word matn muharririda, o‘zbek, rus yoki ingliz tilida.

Maqola mualliflari 4 nafardan koʻp boʻlmasligi kerak. Mualliflarning har biri uchun toʻliq ma’lumotlar koʻrsatilishi lozim (ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, shahar va davlati)

Maqolada shartli ravishda kirish, Adabiyot tahlili va metodi, tadqiqot natijalari va muhokama, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lishi lozim.

Aannotatsiya, kalit soʻzlar Annotatsiya berilgan shakl va ko‘rinishda bo‘lishi lozim. Iltimos, bu shaklni o‘zgartirmang. Annotatsiya 100-250 so‘zdan hamda 4-20 kalit so‘zlardan iborat bo‘lishi lozim. Annotatsiya (ingliz tilida ABSTRACT) va kalit so‘zlar (keywords) xalqaro tizimlarda indekslanishi uchun (3 ta tilda) o‘zbek, rus va ingliz tilida ham berilishi zarur. Kalit so‘zlar 4-20 so‘zdan iborat maqoladagi asosiy urg‘u olgan atamalarni yozish maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidagi adabiyotlar oxirgi 10 yil ichidagi adabiyotlar ko‘rsatilishi tavsiya etiladi.

Oʻlchov birliklari va belgilar SI xalqaro birliklar tizimida koʻrsatilishi kerak.

Maqola materiallarining yuqoridagi talablarga mos kelmasligi nashrni rad etish uchun sabab boʻlishi mumkin.

Maqola matniga qoʻyilgan talablar:

Sarlavha koʻrinishi: Shrift “Times New Roman”, oʻlchami 14 pt, bosh harfdan, markazdan, chiziqcha yoʻq, qalin. Maqola sarlavhasi tepasida (1.5 intervaldan keyin), oʻng burchakda - mualliflarning ismi va shariflari, odatiy shrift, oʻlchami 14 pt; chap burchakda - UOʻK indeksi;

Maqola sarlavhasi ostida - mualliflarning ismi va sharifi - qalin shiriftda; ish joyi, lavozimi ilmiy unvoni, tashkilot nomi – 10 pt. oʻlchamdagi odatiy shriftda va 3x4 rasmi ko’rsatilishi lozim.

Annotatsiya koʻrinishi: “Times New Roman” shriftlar toʻplami, 14 pt. oʻlchamida, (1 intervaldan).

Kalit soʻzlar koʻrinishi: “Times New Roman” shriftlar toʻplami, 14 pt. oʻlchamda.

Asosiy matnga talablar: Shrift “Times New Roman”, 14 pt., qator oraligʻi 1, xat boshi – 1 sm, sahifa chekkalari – chap va o‘ng – 1.5 sm; yuqori va pastki – 1.5 sm.

Jadval koʻrinishi: Jadval nomi - “Times New Roman”, 14 pt oralig‘ida, qalin, markazda, jadvaldagi matn - “Times New Roman”, 10-14 pt., odatiy.

Formula kiritish talablar: Formulalar va maxsus belgilar faqat «Microsoft Equation-3» muharririda yoziladi. Formulalar chap tomonda joylashtiriladi.

Rasmlarga talablar: Rasmlar aniq koʻringan boʻlishi kerak, chop etishga tayyor, matnga qoʻshilishi va GIF, BMP, JPEG formatida.

Adabiyotlar roʻyxatiga talablar: “Times New Roman”, 14 pt oʻlchamda, kursiv, 4-30 ta (25% oʻz ishlariga havola), oxirgi 10 yilda nashr etilgan adabiyotlar boʻlishi maqsadga muvofiq.

Adabiyotga havola keltirish raqami kvadrat qavs ichida, matnning tegishli joyida beriladi. Adabiyotlarga toʻg‘ri havola keltirish uchun www.snoska.info saytidan yoki https://kursach37.com/oformlenie-spiska-literatury -po-gost/ veb resurlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Rasmlar JPEG, TIF, EPS yoki PSD formatlarida yetarlicha kengayishda (tiniqligi) (1:1 masshtabda kamida 300 dpi) alohida grafik fayllar sifatida yozib olinishi lozim.

Bogʻlanish uchun ma’lumotlar, Har bir muallifning 3x4 rasmi, mualliflar ismi shariflari (to‘liq), ish joyi va lavozimi va elektron pochta manzili, ORCID (orcid.org tomonida ro‘yxatdan o‘tgan ID raqam ko‘rsatish tavsiya etiladi) va SPIN (elibrary.ru tomonida ro‘yxatdan o‘tgan ID raqam ko‘rsatish tavsiya etiladi) raqamlar va bogʻlanish uchun telefon raqamlari kiritilishi shart. (Maqolaga materialni ochiq matbuotda nashr etilish imkoniyati toʻgʻrisida ekspert xulosasi ilova qilinishi mumkin).

Izoh: Maqolaning orginalligini aniqlangan (antiplagiat) hisoboti taqdim etish shart (originallik darajasi 65 foiz va undan yuqori bo‘lganda va yuqoridagi talablarga javob berganda, gramatik xatolar bo‘lmaganda maqola qabul qilinadi). Antiplagiatdan o‘tkazish manzili: https://antiplag.uz/ 

Maqola talabini yuklab olish uchun: Maqola talabi