O‘ZAN TUBI BARQARORLIGINI BAHOLASH USULLARI
Maqolaning Asosiy Qismi
Annotatsiya
Bugungi kunga qadar grunt o‘zanli kanallarda gryadalarning hosil bo‘lishi va harakati masalasi bo‘yicha dunyoning turli ilmiy markazlarida keng ko‘lamli dala kuzatuvlari hamda laboratoriya tajribalari o‘tkazilgan. Ushbu tadqiqotlar natijasida katta hajmdagi eksperimental ma’lumotlar to‘plangan. Ayrim tadqiqotchilar mazkur ma’lumotlarni umumlashtirishga va yagona hisobiy bog‘lanishlar shaklida ifodalashga harakat qilgan bo‘lsalar-da, hozirgi kungacha ushbu masala bo‘yicha to‘liq ishonchli va universal natijalarga erishilmagan. Mavjud ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, grunt o‘zanli kanallarda gryadalar harakati muammosi ochiq o‘zanlar gidravlikasining eng murakkab va dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Olingan tajriba va kuzatuv ma’lumotlarini tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatadiki, to‘lqinlarning parametrlarida yuz beradigan o‘zgarishlar gryadalarning geometrik va kinematik xususiyatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, kanal oqimining statsionar holatida shakllanadigan gryadalarga nisbatan, shamol to‘lqinlari ta’siri ostida vujudga keladigan gryadalar kattaroq o‘lchamlarga ega bo‘lishi kuzatiladi. Bu holat, avvalo, to‘lqinlar ta’siri natijasida o‘zan tubida hosil bo‘ladigan tangensial kuchlanishlarning ortishi bilan izohlanadi. Mazkur kuchlanishlarning oshishi esa gryadalar parametrlarining yiriklashuviga olib keladi.
Ochiq o‘zanlarda oqiziqlarning gryadali shaklda tashilishi nazariyasiga asoslanib, kanallarda suv oqimining statsionar va nostatsionar harakat sharoitlarida oqiziqlar tashilishini hisoblash usullari yanada takomillashtirildi. Ushbu yondashuv o‘zan tubida kechadigan murakkab morfodinamik jarayonlarni yanada aniqroq tavsiflash hamda hisobiy natijalarning ishonchliligini oshirish imkonini beradi.
Yuklab olishlar
Maqola Tafsilotlari
Bo‘lim

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Ommaviy Litsenziya Shartlari
(Ochiq jurnal tizimlari (OJS) uchun)
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq quyidagi shartlar taqdim etiladi:
-
Mualliflik huquqi:
Chop etilgan maqolaning mualliflik huquqi muallif(lar)ga tegishli bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, maqola OJS platformasida chop etilgandan so‘ng, uning kontenti Creative Commons (CC BY) litsenziyasi asosida tarqatiladi. -
Litsenziya turi:
Ushbu maqola Creative Commons Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) litsenziyasi asosida tarqatiladi. Bu shuni anglatadiki, foydalanuvchilar ushbu maqolani quyidagi shartlarda qayta ishlatishlari, bo‘lishishlari va qayta ishlashlari mumkin:- Nusxa ko‘chirish va tarqatish: Maqola matni yoki uning qismlari nusxasi erkin tarqatilishi mumkin.
- Iqtibos keltirish va tahlil qilish: Maqoladan qismlar iqtibos sifatida foydalanilishi mumkin.
- Erkin foydalanish: Tadqiqot va o‘quv jarayonlari uchun maqoladan erkin foydalanish huquqi mavjud.
- Muallifga havola qilish: Foydalanuvchilar maqola muallifini to‘g‘ri ko‘rsatishi va asl manbaga havola berishi lozim.
-
Kommersiyaviy foydalanish:
Ushbu maqoladan tijorat maqsadlarida foydalanishga ruxsat beriladi, ammo mualliflik va manbaga havola majburiy hisoblanadi. -
Hujjatni o‘zgartirish:
Maqolaning matni yoki mazmunini o‘zgartirish, uni qayta ishlash mumkin, lekin har qanday o‘zgarishlar mualliflikka salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. -
Mas’uliyat cheklovi:
Muallif(lar) maqola tarkibidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga javobgar bo‘lib, platforma tahririyati mazkur ma’lumotlardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan har qanday zarar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. -
Ommaviy foydalanish majburiyatlari:
Ushbu maqola mazmuni faqat qonuniy va axloqiy talablar asosida ishlatilishi kerak. Noqonuniy foydalanish qat’iyan man etiladi.
Izoh:
Mazkur litsenziya shartlari mualliflar va foydalanuvchilar o‘rtasida ochiq va shaffof foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. Bu shartlarni qabul qilish orqali, siz maqola mazmunini Creative Commons litsenziyasiga muvofiq qayta ishlash va tarqatishga rozilik bildirasiz.
Havola: Creative Commons Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
Iqtibos keltirish tartibi
Adabiyotlar ro‘yxati
[1] Гришанин, К. В. (1979). Динамика русловых потоков. Ленинград: Гидрометеоиздат.
[2] Знаменская, Н. С. (1968). Грядовое движение наносов. Ленинград: Гидрометеоиздат.
[3] Чоу, В. Т. (1969). Гидравлика открытых каналов. Москва: Издательство литературы по строительству.
[4] Снищенко, Б. Ф., & Копалиани, З. Д. (1978). О скорости движения гряд в реках и лабораторных условиях. Труды ГГИ, 252, 20–37.
[5] Елфимов, В. И. (n.d.). Исследование структуры донно-грядового рельефа дна и его влияние на гидравлические сопротивления (Автореферат диссертации кандидата физико-математических наук).
[6] Железняков, Г. В., & Дебольский, В. К. (1971). О грядовом движении наносов при их различной плотности. Доклады ВАСХНИЛ, (2), 42–45.
[7] Azinfar, H., & Kells, J. A. (2009). Flow resistance due to a single spur dike in an open channel. Journal of Hydraulic Research, 47(6), 755–763. DOI: https://doi.org/10.3826/jhr.2009.3327
[8] Hu, H., Wei, T., Yang, Z., Hackney, C. R., & Parsons, D. R. (2018). Low-angle dunes in the Changjiang (Yangtze) Estuary: Flow and sediment dynamics under tidal influence. Estuarine, Coastal and Shelf Science, 205, 110–122. https://doi.org/10.1016/j.ecss.2018.03.009 DOI: https://doi.org/10.1016/j.ecss.2018.03.009
[9] G‘ayimnazarov, I. X. (2022). Kanallarning nostatsionar oqim sharoitlarida oqiziqlar sarfini hisoblash usullarini takomillashtirish (Dissertatsiya).
[10] Эшев, С. С., Рахимов, А. Р., & Гайимназаров, И. Х. (2021). Влияние волновых потоков на деформаций русел каналов. Ташкент: Voris nashriyot.
[11] Eshev, S. S., G‘ayimnazarov, I., & Sh, L. (2019). The calculation of the parameter of friction in border layer not fixed flow. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 6(1), 7796–7800.