SMART CHANNEL QURILMASINING SEZUVCHANLIGI VA MINIMAL SUV SARFINI EKSPERIMENTAL BAHOLASH

Maqolaning Asosiy Qismi

Otаxonov, M.Y.
Zokirov, I.B.
Toshtemirov, Sh.A.
Nazarov, U.X.

Annotatsiya

Ushbu maqolada ochiq o‘zanlarda suv sarfini o‘lchash uchun mo‘ljallangan “Smart Channel” qurilmasining sezuvchanligi va minimal suv sarfi eksperimental usulda baholangan. Tadqiqotning dolzarbligi sug‘orish tizimlarida suv resurslarini oqilona boshqarish, suv hisobini aniq yuritish va kichik sarflarni ishonchli qayd etish zarurati bilan izohlanadi. Tajribalar Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida joylashgan “Smart Solution System” MCHJning “Gidravlika va gidrometriya” laboratoriyasida olib borildi. Tadqiqot obyekti sifatida 60×60 sm o‘lchamdagi “Smart Channel” qurilmasi namunasi qabul qilindi. Qurilmaning ishlash prinsipi tezlik–maydon usuliga asoslangan bo‘lib, suv sarfi oqimning o‘rtacha tezligi va tirik kesim yuzi orqali aniqlanadi. Tajriba natijalari 60×60 sm o‘lchamdagi “Smart Channel” qurilmasi namunasi uchun o‘rtacha sezuvchanlik chegarasi 0,45 sm/s ga teng ekanini, minimal qayd etilgan suv sarfi esa 0,269 l/s ni tashkil etganini ko‘rsatdi. Qurilmaning o‘lchash aniqligi namunaviy elektromagnit sarf o‘lchagich hamda hajmiy usul bilan taqqoslash orqali baholandi. Natijalarga ko‘ra, “Smart Channel” qurilmasining xatoligi namunaviy sarf o‘lchash vositasiga nisbatan +2,47 % dan -2,48 % gacha, hajmiy usulga nisbatan esa +2,43 % dan -2,47 % gacha oraliqda o‘zgargan. Olingan ma’lumotlar “Smart Channel” qurilmasi kichik suv sarflarini qayd etish va ochiq o‘zanlarda suv hisobini yuritishda amaliy jihatdan qo‘llash mumkin bo‘lgan qurilma ekanini tasdiqlaydi. Tadqiqot natijalari qurilmaning minimal suv sarfini asoslash, sezuvchanlik chegarasini aniqlash va qiyoslash metodikasini takomillashtirish uchun ilmiy asos yaratadi.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Geologiya va neft-gaz sanoati

Muallif biografiyalari

Otаxonov, M.Y., “Smart Solution System” MCHJ

“Smart Solution System” MCHJ labarotoriya mudiri, dotsent, Toshkent, O‘zbekiston

Zokirov, I.B., TIQXMMI Milliy tаdqiqot universiteti

PhD doktorаnt, TIQXMMI Milliy tаdqiqot universiteti, Toshkent, O‘zbekiston

Toshtemirov, Sh.A., “O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti” Davlat Muassasasi

Mustaqil izlanuvchi, “O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti” Davlat Muassasasi, Toshkent, O‘zbekiston

Nazarov, U.X., “O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti” Davlat Muassasasi

Mustaqil izlanuvchi, “O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti” Davlat Muassasasi, Toshkent, O‘zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Otаxonov M. Y., Zokirov, I. B., Toshtemirov, S. A., & Nazarov, U. X. (2026). SMART CHANNEL QURILMASINING SEZUVCHANLIGI VA MINIMAL SUV SARFINI EKSPERIMENTAL BAHOLASH. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(2). https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.2.2026.3

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Food and Agriculture Organization of the United Nations. (n.d.). Water and food security. FAO.

[2] High Level Panel of Experts on Food Security and Nutrition. (2015). Water for food security and nutrition. Food and Agriculture Organization of the United Nations.

[3] Karimov, S., Akbarov, A., & Jonqobilov, U. (2004). Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash (pp. 80–87). Toshkent.

[4] Otakhonov, M., Atakulov, D., Zokirov, I., & Xudoyshukurov, Q. (2024). Parameter of a parabola-shaped canal method of determination. E3S Web of Conferences, 587, 01005. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202458701005 DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202458701005

[5] United Nations. (2024). The United Nations World Water Development Report 2024: Water for prosperity and peace. UNESCO World Water Assessment Programme.

[6] Universal Current Meter. (2017). User manual. Turkey.

[7] Xikmatov, F., Yunusov, G. X., Sagdeyev, N. Z., Turgunov, D. M., & Ziyayev, R. R. (2014). Gidrometriya (pp. 90–93). Toshkent.

[8] International Organization for Standardization. (1992). ISO 9826: Measurement of liquid flow in open channels — Parshall and SANIIRI flumes.

[9] Muste, M., Yu, K., Gonzalez, J., & Ansar, M. (2004). Methodology for estimating ADCP measurement uncertainty in open-channel flows. In World Water and Environmental Resources Congress 2004. https://doi.org/10.1061/40737(2004)268 DOI: https://doi.org/10.1061/40737(2004)268

[10] Chow, V. T. (1959). Open-channel hydraulics. McGraw-Hill.

[11] American Society of Mechanical Engineers. (2009). Standard for verification and validation in computational fluid dynamics and heat transfer (ASME V&V 20-2009).

[12] Otakhonov, M., Abduraimova, D., Allayorov, D., & Zokirov, I. (2026). Evaluation of velocity distribution in earthen irrigation canals. AIP Conference Proceedings, 3390, 030027. https://doi.org/10.1063/5.0322728 DOI: https://doi.org/10.1063/5.0322728

[13] Ali, G., & Maghrebi, M. F. (2023). Modifications to the single-point velocity measurement method for estimating river discharge in low-resource environments. HydroShare. https://doi.org/10.4211/hs.d8df4d9fdd874cb6a66fa2495e61ab09 DOI: https://doi.org/10.4211/hs.d8df4d9fdd874cb6a66fa2495e61ab09

[14] Petrov, A. A., Kabilov, K. I., Sabirov, M. R., & Jurayev, B. B. (2023). Supplying long-term workability of the old elements of hydraulic facilities by using cold compositions. E3S Web of Conferences. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202339201038 DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202339201038

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.