YOSHLIK-I KONIDA QOYALI TOGʻ JINSLARINING MAYDALANISH DARAJASINI OSHIRISH UCHUN PORTLOVCHI SKVAJINALARNING MAQBUL PARAMETRLARINI ASOSLASH

Maqolaning Asosiy Qismi

Alimov, S.M.
Normurodov, J.J.

Annotatsiya

Mazkur maqolada Yoshlik-I koni sharoitida qoyali togʻ jinslarining maydalanish sifatini oshirishga qaratilgan portlatish ishlari parametrlarini asoslash masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada pogʻona balandligi, skvajina qatorlarining oraligʻi, skvajinalar oraligʻi, zaboyka balandligi, ortiqcha burgʻilash va qisqa sekinlashtirish vaqtining o‘zaro bogʻliqligini hisoblash orqali portlatishning samaradorligini oshirishdan iborat. Tahlilda pogʻona balandligi 15 m bo‘lgan sharoit uchun qatorlar oralig‘i B=k·h, skvajinalar orasidagi masofa S=1,2B va perebur J=0,25B munosabatlari asos qilib olindi. Hisoblashlar natijasida qatorlar oralig‘ining maqbul qiymati 4,5 m, skvajinalar oraligʻi 5,4 m, ortiqcha burgʻilash 1,1 m, zaboyka balandligi 3,0–3,5 m va amaliy jihatdan samarali kechiktirish 20 ms ekani aniqlandi. Shuningdek, suvli skvajinalar uchun emulsion portlovchi modda qoʻllash hamda zaryad zichligini 5–10 % ga oshirish zarurligi asoslandi. Taklif etilgan parametrlar qoʻllanganda yirik bo‘laklar ulushi 35 % dan 15–18 % gacha kamayishi, portlovchi modda sarfini 0,90 kg/m³ dan 0,75–0,80 kg/m³ gacha pasaytirish va yuklash-tashish jarayonlarini barqarorlashtirish mumkinligi ko‘rsatildi. Olingan natijalar chuqur karyerlarda portlatish parametrlarini differensial tanlashga ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Kon-metallurgiya va ishlab chiqarish sanoati

Muallif biografiyalari

Alimov, S.M., Olmaliq davlat texnika instituti

Olmaliq davlat texnika instituti “Konchilik ishi” kafedrasi dotsenti, Olmaliq, O‘zbekiston

Normurodov, J.J., Olmaliq davlat texnika instituti

Olmaliq davlat texnika instituti “Konchilik ishi” kafedrasi magistranti, Olmaliq, O‘zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Alimov, S. M., & Normurodov, J. J. (2026). YOSHLIK-I KONIDA QOYALI TOGʻ JINSLARINING MAYDALANISH DARAJASINI OSHIRISH UCHUN PORTLOVCHI SKVAJINALARNING MAQBUL PARAMETRLARINI ASOSLASH. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(2). https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.2.2026.11

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Кутузов, Б. Н. (1994). Разрушение горных пород взрывом. Взрывные технологии в промышленности. Издательство Московского государственного горного университета.

[2] Шамаев, М. К., & Алимов, Ш. М. (2021). Обеспечение устойчивости бортов при ведении буровзрывных работ. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Sciences, 2(4), 83–88.

[3] Алимов, Ш. М., & Ташкулов, А. А. (2022). Обоснование оптимальных параметров эффективного регулирования степени дробления. Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences, 2(5/2), 475–487.

[4] Alimov, Sh. M., Melnikova, T. Y., & Kayirbayev, I. B. (2024). Yoshlik-I konida portlatish ishlari ko‘rsatgichlarini yaxshilash maqsadida qiya skvajinalardan foydalanishning afzalliklari. Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences, 4(11), 187–192.

[5] Шамаев, М. К., & Алимов, Ш. М. (2021). Увеличение мощности разработки месторождения «Ёшлик-1» и доработки действующего месторождения «Кальмакыр». Central Asian Journal of Theoretical and Applied Sciences, 2(5), 85–89.

[6] Shamayev, M. Q., & Alimov, Sh. M. (2022). Elektrsiz portlatishni initsiyalash vositalarining yangi ochilayotgan Yoshlik-I konida samarali qo‘llanilishi. Journal of Advanced Research and Stability, 2(5), 295–298.

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.