HAQIQIY VA SINTETIK EGRI CHIZIQLARNI TAQQOSLASH ORQALI BUXORO-XIVA MINTAQASI UCHUN AKUSTIK KARETОJNI TIKLASHNING OPTIMAL USULINI TANLASH

Maqolaning Asosiy Qismi

G‘ayratova, M.Z.

Annotatsiya

Ushbu ishda Buxoro–Xiva mintaqasi sharoitida mavjud boʻlmagan yoki sifati past boʻlgan akustik karotaj ma’lumotlarini qayta tiklash masalasi koʻrib chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi Zalyaev va Faust usullari asosida sintetik akustik egri chiziqni qurish yondashuvlarini taqqoslash hamda tayanch quduqning dastlabki ma’lumotlariga eng yaqin muvofiqlikni ta’minlaydigan usulni aniqlashdan iborat. Hisob-kitoblarda LAS-faylda keltirilgan va “Kamerton” dasturida qayta ishlangan geofizik tadqiqot ma’lumotlaridan foydalanildi. Har bir yondashuv boʻyicha sintetik egri chiziq qurildi, soʻngra u dastlabki egri chiziq bilan grafik jihatdan taqqoslandi va korrelyatsiya koeffitsienti hisoblandi. Zalyaev usuli boʻyicha korrelyatsiya koeffitsienti 0,84 ni, Faust usuli qoʻllanilganda esa 0,88 ni tashkil etdi. Olingan natijalar Faust usulidan foydalanilganda sintetik egri chiziqning dastlabki ma’lumotlarga yuqoriroq darajada muvofiq kelishini koʻrsatdi. Shuningdek, razrezning fizik xususiyatlari chuqurlik boʻyicha oʻzgarishini, xususan, zichlanish gradientini hisobga olish zarurligi qayd etildi. Olingan natijalardan lateral oʻzgaruvchanlik sezilarli darajada boʻlmagan hollarda tadqiq etilayotgan konning boshqa quduqlarida akustik ma’lumotlarni qayta tiklashda foydalanish mumkin.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Geologiya va neft-gaz sanoati

Muallif biografiyasi

G‘ayratova, M.Z., “O‘zbekgeofizika” AJ

Oliy ma’lumotli, texnik-geofizik, “O‘zbekgeofizika” AJ, Toshkent, O‘zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

G‘ayratova, M. Z. (2026). HAQIQIY VA SINTETIK EGRI CHIZIQLARNI TAQQOSLASH ORQALI BUXORO-XIVA MINTAQASI UCHUN AKUSTIK KARETОJNI TIKLASHNING OPTIMAL USULINI TANLASH. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(3). https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.3.2026.36

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Дахнов, В. Н. (1982). Интерпретация результатов геофизических исследований разрезов скважин. Москва: Недра. 418 с.

[2] Латышева, М. Г. (1991). Практическое руководство по интерпретации диаграмм геофизических методов исследования скважин (3-е изд.). Москва: Недра.

[3] Бабаев, А. Г., & Гаврильчева, Л. Г. (1986). Соляно-ангидридовая формация верхней юры и нефтегазоносность нижележащей карбонатной толщи Средней Азии. Ташкент: Фан. 146 с.

[4] Заляев, Н. З. (1990). Методика автоматизированной интерпретации геофизических исследований скважин. Минск: Университетское. 144 с.

[5] Faust, L. Y. (1953). A velocity function including lithologic variation. Geophysics, 18(2), 271–288. DOI: https://doi.org/10.1190/1.1437869

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.