XORIJIY MUALLIFLARNI TAVSIYA QILING VA 1 TA MAQOLANGIZNI BEPUL NASHR ETTIRING!
2026-07-05 13:42:34 sanasida joylashtirildi"Sanoatda raqamli texnologiyalar" ilmiy-texnik jurnali xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy olimlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish hamda jurnalning xalqaro nufuzini oshirish maqsadida maxsus rag‘batlantirish aksiyasini e'lon qiladi. Jurnal sanoat, geologiya, texnika va kimyo fanlari yo‘nalishlarida ilmiy maqolalarni qabul qiladi.
Aksiya mazmuniAgar Sizning tavsiyangiz asosida kamida bitta xorijiy muallifning ilmiy maqolasi jurnalimizda muvaffaqiyatli nashr etilsa, Siz 2026-yil davomida o‘zingizning bitta ilmiy maqolangizni bepul nashr ettirish huquqiga ega bo‘lasiz.
Mazkur imtiyoz maqola uchun belgilangan barcha nashr xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Aksiya shartlariAksiyada ishtirok etish uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:
- tavsiya etilgan maqola xorijiy muallif tomonidan taqdim etilgan bo‘lishi;
- tavsiya qiluvchi shaxs ushbu maqolaning muallifi yoki hammuallifi bo‘lmasligi;
- maqola tahririyat va ilmiy taqriz jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tib, rasmiy ravishda nashr etilgan bo‘lishi;
- xorijiy muallifning ORCID iD raqami ORCID tizimi orqali tasdiqlangan (Authenticated ORCID) bo‘lishi;
- ORCID tasdiqlash jarayoni muallifning ORCID hisobiga bog‘langan elektron pochta manzili orqali amalga oshirilishi shart. Tasdiqlash havolasi bevosita muallifning elektron pochtasiga yuboriladi va uni faqat muallifning o‘zi tasdiqlashi mumkin.
Tahririyat tavsiya etilgan muallif, maqola va ORCID ma'lumotlarini tekshirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Sun'iy ravishda hammualliflik qo‘shish, noto‘g‘ri ma'lumot taqdim etish yoki aksiya shartlarini chetlab o‘tishga urinish aniqlangan taqdirda, bepul nashr etish imtiyozi bekor qilinadi.
Aksiya muddatiMazkur aksiya 2026-yil davomida amal qiladi.
Bog‘lanishRasmiy sayt: srt-journal.uz
E-mail: admin@srt-journal.uz
Telegram: @kmurojaat_livebot