SHEROBOD ARGILLIT MINERALI BILAN TO‘LDIRILGAN IKKILAMCHI POLIETILEN ASOSIDAGI GEOMEMBRANALAR SINTEZI VA XOSSALARINI O‘RGANISH

Maqolaning Asosiy Qismi

Davronova, M.N.
Eshqurbonov, F.B.
https://orcid.org/0000-0002-3182-9407
Ashurova, A.A.
Abdullayeva, R.I.

Annotatsiya

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligida keng qo‘llaniladigan va foydalanish muddati tugagan past zichlikdagi polietilen plyonka chiqindilarini qayta ishlash hamda ularning xususiyatlarini mahalliy minerallar yordamida o‘zgartirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi qayta ishlangan past zichlikdagi polietilen tarkibiga nanoto‘ldirgich sifatida Sherobod konining argillit mineralini qo‘shish orqali yuqori mustahkamlikka ega nanokompozitsion geomembranalarni sintez qilishdan iborat. Tadqiqotda nanodispers argillit zarrachalari yordamida quyosh radiatsiyasi va namlik ta’sirida degradatsiyaga uchragan ikkilamchi polimerning fizik-kimyoviy xususiyatlarini tiklash mexanizmlari tahlil qilingan. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, argillitning massa ulushi 5% dan 10% gacha bo‘lganda, materialning cho‘zilishdagi mustahkamligi va issiqlikka chidamliligi sezilarli darajada yaxshilanadi. Olingan nanokompozit geomembranalar sho‘rlangan tuproqlar sharoitida gidrotexnik inshootlar va suv omborlari uchun import o‘rnini bosuvchi, ekologik xavfsiz va tejamkor izolyatsiya materiali bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Kimyoviy texnologiya va qurilish

Muallif biografiyalari

Davronova, M.N., Toshkent davlat tibbiyot universiteti

Assistent, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali, Termiz, O‘zbekiston

Eshqurbonov, F.B., Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

Professor, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Termiz, O‘zbekiston

Ashurova, A.A., Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

Talaba, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Termiz, O‘zbekiston

Abdullayeva, R.I., Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

Talaba, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Termiz, O‘zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Davronova, M. N., Eshqurbonov, F. B., Ashurova, A. A., & Abdullayeva, R. I. (2026). SHEROBOD ARGILLIT MINERALI BILAN TO‘LDIRILGAN IKKILAMCHI POLIETILEN ASOSIDAGI GEOMEMBRANALAR SINTEZI VA XOSSALARINI O‘RGANISH. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(2). https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.2.2026.10

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Geyer, R. (2020). Production, use, and fate of synthetic polymers. In T. M. Letcher (Ed.), Plastic waste and recycling (pp. 13–32). Academic Press. DOI: https://doi.org/10.1016/B978-0-12-817880-5.00002-5

[2] Hahladakis, J. N., & Iacovidou, E. (2021). Closing the loop on plastics: Challenges and opportunities. Journal of Hazardous Materials, 402, Article 123498. https://doi.org/10.1016/j.jhazmat.2020.123498 DOI: https://doi.org/10.1016/j.jhazmat.2020.123498

[3] Ahmad, S., et al. (2022). Mechanical and thermal properties of recycled LDPE modified with hybrid fillers. Polymer Degradation and Stability, 195, 109–120.

[4] Zhang, J., et al. (2021). Barrier properties of polymer-clay nanocomposites: A review of recent advances. Progress in Materials Science, 120, 100–118.

[5] Al-Maadeed, M. A. (2023). Recycled polyolefins: Processing and properties. Materials Today: Proceedings, 72(5), 2481–2486.

[6] Negmatov, S. S., et al. (2024). Development of composite materials based on recycled polymers and local mineral fillers. Kompozitsion Materiallar, (1), 45–51.

[7] Yusupov, F., et al. (2023). Investigation of argillite minerals as a reinforcing filler for polymer composites. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 4(6), 89–96.

[8] Boro, A., et al. (2022). Influence of high-energy ball milling on the structural properties of clay minerals for polymer reinforcement. Applied Clay Science, 218, Article 106412. DOI: https://doi.org/10.1016/j.clay.2022.106412

[9] Mustafa, A., et al. (2023). Mechanical activation of local argillites for the synthesis of high-performance nanocomposites. Journal of Materials Research and Technology, 24, 4501–4515.

[10] Sadeghi, S., et al. (2021). Processing of recycled polyethylene/clay nanocomposites via twin-screw extrusion. Polymer Engineering & Science, 61(4), 1022–1035.

[11] ASTM International. (2020). ASTM D6693: Standard test method for determining tensile properties of nonreinforced polyethylene geomembranes. ASTM International.

[12] Vázquez, C., et al. (2021). X-ray fluorescence (XRF) analysis in polymer science: Applications in mineral filler characterization. Spectrochimica Acta Part B: Atomic Spectroscopy, 177, Article 106061.

[13] International Organization for Standardization. (2022). ISO 1133-1:2022. Plastics—Determination of the melt mass-flow rate (MFR) of thermoplastics.

[14] Zhang, L., et al. (2024). Durability of recycled HDPE geomembranes under freeze-thaw cycles in saline environments. Geotextiles and Geomembranes, 52(1), 88–102.

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.