AYTIM MA’DANLI MAYDONIDA OLTIN MA’DANLASHUVINING JOYLASHUV QONUNIYATLARI VA NAZORAT QILUVCHI STRUKTURAVIY OMILLAR

Maqolaning Asosiy Qismi

Movlanov, J.J.
https://orcid.org/0000-0001-8850-1157
Abdullayev, L.A.
Rahmatullayev, I.F.
https://orcid.org/0009-0006-1306-0442

Annotatsiya

Maqolada Aytim ma’danli maydonida oltin ma’danlashuvining fazoviy joylashish qonuniyatlari hamda uni nazorat qiluvchi strukturaviy, litologik va gidrotermal-metasomatik omillar kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotlarda 1:1000 masshtabli geologik-strukturaviy xarita, 1:500 masshtabli kesmalar, 18 ta tayanch profil, kanava va burg‘u quduqlari ma’lumotlari hamda avvalgi geologik-qidiruv materiallaridan foydalanilgan. Asosiy ma’danli zonalarning shimoli-sharqiy, taxminan 55–60° yo‘nalishdagi tektonik zaif zonalar bilan barqaror fazoviy bog‘liqligi aniqlangan. Ma’dan tanalarining qalinlashishi, tarmoqlanishi va yuqori Au miqdorli lokal ustunlar uzilmalar qayrilgan, kesishgan, tutashgan hamda qayta faollashgan segmentlarda ko‘proq kuzatilishi ko‘rsatilgan. “Strukturaviy to‘lqin” modeli asosida ma’danlilikning qanot va apikal pozitsiyalar bo‘yicha asimmetrik taqsimlanishi qayd etilgan, biroq ushbu qonuniyat lokal qidiruv modeli sifatida baholangan. Strukturaviy o‘tkazuvchanlik yetakchi nazorat omili bo‘lib, terrigen-slanetsli va uglerodli jinslarning xususiyatlari, kvarslashish, seritsitlashish, xloritlashish, karbonatlanish va sulfidlanish oltinning lokal cho‘kishi uchun qo‘shimcha sharoit yaratgan.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.

Maqola Tafsilotlari

Bo‘lim

Geologiya va neft-gaz sanoati

Muallif biografiyalari

Movlanov, J.J.

Direktor, Geoinnovatsion texnologiyalar markazi, Toshkent, O‘zbekiston

Abdullayev, L.A.

Kichik ilmiy xodim, H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Toshkent, O‘zbekiston

Rahmatullayev, I.F.

Muhandis geolog, H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Toshkent, O‘zbekiston

Iqtibos keltirish tartibi

Movlanov, J. J., Abdullayev, L. A., & Rahmatullayev, I. F. (2026). AYTIM MA’DANLI MAYDONIDA OLTIN MA’DANLASHUVINING JOYLASHUV QONUNIYATLARI VA NAZORAT QILUVCHI STRUKTURAVIY OMILLAR. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 4(3-1). https://doi.org/10.70769/3030-3214.SRT.4.3-1.2026.12

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Хайдаров, З. Х., Рахимов, Б. З., Авазов, Р. Р., & Мирусманов, М. А. (2017). Поисковые предпосылки и признаки золотого оруденения месторождения Айтым (горы Букантау). Молодой ученый, (16), 209–213.

[2] Мовланов, Ж. Ж., Каршиев, А. Б., & Абдуллаев, Л. А. (2021). Минералогические особенности углеродсодержащих толщ перспективной площади Айтым (Узбекистан). В Шунгитовые породы Карелии: геология, строение, инновационные материалы и технологии «Шунгит-2020-2021»: материалы конференции (с. 37–40). КарНЦ РАН.

[3] Сайитов, С. С., Цой, В. Д., & Алимов, Ш. П. (2017). Рениеносность углеродсодержащих пород месторождения Айтым (Центральные Кызылкумы). Геология и минеральные ресурсы, (3), 13–18.

[4] Цой, В. Д., Королева, И. В., Алимов, Ш. П., Расулова, А. В., Сайитов, С. С., & Силаев, В. И. (2016). Минералого-геохимические особенности углеродсодержащих толщ Западного Узбекистана. В Интеграция науки и практики как механизм эффективного развития геологической отрасли Республики Узбекистан: материалы Международной научно-технической конференции (с. 179–184).

[5] Абдуазимова, З. М., Миркамалов, Р. Х., Цой, В. Д., и др. (2012). Изучение рудоносности древних толщ Западного Узбекистана за 2008–2012 гг.: в 5 книгах. Фонды ГП «ИМР».

[6] Пирназаров, М. М. (2017). Золото Узбекистана: рудно-формационные типы, прогнозно-поисковые модели и комплексы. ГП «ИМР».

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.